Xabaringiz bor, jamoa a’zolari ayni paytda Turkiyaning Antaliya shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazishmoqda.
“Lochinlar” Samvel Babayan boshchiligidagi murabbiylar qo‘l ostida kuniga ikki mahaldan mashg‘ulotlarda ishtirok etishmoqda.
Ertalabki mashg‘ulot fitness-klubda bo‘lib o‘tmoqda.
E’tiboringizga jamoamiz a’zolarining ertalabki mashg‘ulotidan foto-lavhalar havola etilmoqda.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.