Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

FIDE reytingida yurtimiz shaxmatchilari qaysi o‘rinlarni egallab turishibdi?

FIDE reytingida yurtimiz shaxmatchilari qaysi o‘rinlarni egallab turishibdi?

Baho:
+ | -

Xalqaro shaxmat federasiyasining har oy yakunida e’lon qilinadigan reytingida klassik shaxmat yo‘nalishida ayni damda TOR-100dan birgina shaxmatchimiz o‘rin olgan. Hisob bo‘yicha 17-jahon chempioni, xalqaro grossmeyster Rustam Qosimjonov 2 659 ball bilan 82-o‘rindan joy olgan. U 1979 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan va 2004 yilgi Liviyada o‘tkazilgan jahon chempionati g‘olibi sanaladi.

Yosh, umidli shaxmatchilarimiz bo‘lmish Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodir Yoqubboyev va Shamsiddin Vohidovlar hali TOR-100ga kirishmagan bo‘lsada, ular o‘smirlar toifasida dunyo reytingida peshqadamlar safidan joy olib turishibdi. Jumladan, rapid yo‘nalishida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan N.Abdusattorov va J.Sindorov kuchli o‘ntalikda qayd etilgani har bir yurtdoshimizga faxr va iftixor bag‘ishlaydi.

Ma’lumki, FIDE o‘smirlar shaxmatchining reyting o‘rinlarini alohida hisoblab boradi. 20 yoshgacha bo‘lgan eng kuchli 100 nafar yosh shaxmatchi ro‘yxatidan biryo‘la 4 nafar hamyurtimiz o‘rin olgan:

7. GM Nodirbek Abdusattorov (2004) – 2641 ball,

9. GM Nodirbek Yoqubboyev (2002) – 2630,

14. GM Javohir Sindorov (2005) – 2609,

24. GM Shamsiddin Vohidov (2002) – 2536.

Ayni paytda O‘zbekistonning eng kuchli 10 nafar shaxmatchisi quyidagicha ko‘rinish olgan:

1. GM Rustam Qosimjonov (1979 yilda tug‘ilgan) – 2659,

2. GM Nodirbek Abdusattorov (2004) – 2641,

3. GM Nodirbek Yoqubboyev (2002) – 2630,

4. GM Javohir Sindorov (2005) – 2609,

5. GM Jahongir Vohidov (1995) – 2552,

6. GM Shamsiddin Vohidov (2002) – 2536.

7. GM Andrey Kvon (1989) – 2527.

8. GM Jo‘rabek Hamroqulov (1988) – 2507.

9. GM Mixail Saltayev (1962) – 2482.

10. Bobur Sattorov (1995) – 2465.

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 20:37, 08.01.2022.
O'qildi: 2196 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик