Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Ispaniya superkubogining barcha futbolchilari ham koronavirusga qarshi vaksina olmagan: ular Saudiya Arabistoniga kira olmasligi mumkin

Ispaniya superkubogining barcha futbolchilari ham koronavirusga qarshi vaksina olmagan: ular Saudiya Arabistoniga kira olmasligi mumkin

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan Ispaniya Superkubogi bahslaridan oldin muammo yuzaga kelishi mumkin. Mamlakatga kirish uchun koronavirusga qarshi emlanganlik sertifikati bo‘lish kerak (kamida ikkita doza bilan).

10 yanvar kuni «Real», «Barselona», «Atletiko» va «Atletik» Ispaniya Superkubogi yarim final bahslari uchun Ar-Riyodga uchib borishi lozim. Marca’ning xabariga ko‘ra, jamoalarning barcha futbolchisi ham koronavirusga qarshi emlanmagan.

Ispaniyada bu borada qat’iy qoidalar yo‘q. Futbol o‘yinlarida qatnashish uchun La Liga protokoliga amal qilish kerak, xolos. Yuzaga kelgan muammo qanday hal qilinishi hozircha noma’lum.

Ispaniya Superkubogi bahslari ikkinchi marta Saudiya Arabistonida o‘tkaziladi. Ilk bor ushbu musobaqa 2020 yilda Osiyo mamlakatida o‘tkazilgan edi. Koronavirus tufayli 2021 yilgi Superkubok Andalusiyada bo‘lib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya Superkubogining yarim final uchrashuvlari 12—13 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi. «Real» «Barselona» bilan bahs olib borsa, ikkinchi o‘yinda «Atletiko» «Atletik» bilan o‘zaro hisob-kitob qiladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:11, 08.01.2022.
O'qildi: 3773 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик