Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Sotish kerakmi yoki kechirish? Obameyangning “Arsenal”dagi taqdiri qanday?

Sotish kerakmi yoki kechirish? Obameyangning “Arsenal”dagi taqdiri qanday?

Baho:
+ | -

Joriy mavsumni sardor sifatida boshlagan va “Arsenal”ning so‘zsiz yetakchilaridan biri bo‘lgan gabonlik hujumchi Pyer-Emerik Obameyang endi nafaqat yelkasidagi bog‘ichdan, balki maydonga tushish imkoniyatidan ham mahrum bo‘ldi. Afrikalik futbolchi oxirgi marta o‘tgan yilning 6 dekabr kuni Angliya Premyer-ligasining 15-turida “Everton”ga qarshi (1:2) omadsiz o‘yinda 5 daqiqa maydonga tushgandi.

Obameyangning muammolari “kanonirlar” lagerida tartib-intizomni jiddiy buzganidan keyin boshlandi. Afrikalik futbolchi bosh murabbiy Mikel Artetaga kasal onasini ko‘rish uchun bir necha kunlik ta’til so‘radi. Uning qaytish sanasi aniq belgilangan edi, ammo Obameyang faqat ertasi kuni Covid-19 protokollarining bir qator talablarini buzgan holda paydo qaytib keldi. Qo‘shimcha karantin choralari tufayli Pyer-Emerik “Arsenal”ning yana bir nechta mashg‘ulotlarini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi.

Oxir-oqibat, “Arsenal” rahbariyati va bosh murabbiyi Obameyangning g‘alati harakatlariga toqat qilishni to‘xtatish vaqti keldi, deb qaror qildi, ayniqsa gabonlik jamoa sardori va hozirgi paytda tarkibda yetarlicha bo‘lgan yosh futbolchilar uchun o‘rnak ko‘rsatishi kerak degan fikrga kelishdi.

“Biz futbolchilarimizdan, ayniqsa sardorimizdan o‘rnatgan va kelishib olgan qoidalar, hamda standartlarga muvofiq harakat qilishlarini talab qilamiz”, - deyiladi londonliklar bayonotida.

Obameyangning qoidalarni buzgan holda, u Uilyam Gallas va Granit Jakadan keyin sardorlik bog‘ichidan mahrum etilgan “Arsenal”ning APLdagi uchinchi futbolchisi bo‘ldi.

Hozircha futbolchining kelajagi haqida qaror qabul qilinmagan. Ammo, shuni ham ta’kidlashimiz kerakki, 32 yoshli hujumchining sport formasi maydon tashqarisidagi xatti-harakatlaridan ko‘plab tanqidlarga sabab bo‘lmoqda. Qolaversa, futbolchi o‘tgan yilning 30 oktyabridan 2 dekabrigacha “Arsenal”ning asosiy tarkibida beshta o‘yinda maydonga tushdi, biroq bitta ham foydali ish qilmadi. Bor-yo‘g‘i ikkita sariq kartochkani olishga muvaffaq bo‘ldi. Ajablanarlisi shundaki, “kanonirlar”ning kam sonli muxlislari hozirda Obameyangning asosiy jamoada yo‘qligidan hafsalasi pir bo‘lgan.

“Arsenal”dagi Obameyang atrofidagi hozirgi vaziyat Londonda germaniyalik Mesut O‘zil bilan yuzaga kelgan vaziyatga juda o‘xshaydi. Ammo, futbolchi obro‘sini tiklay olmadi va bir yil oldin u tug‘illgan mamlakati, Turkiyaning “Fenerbaxche” klubiga erkin agent sifatida qo‘yib yuborildi. Aftidan, “Arsenal” murabbiyi ham Obameyangning g‘alati harakatlariga chidashdan charchagan va yakuniy qarorni amalga oshirdi.

 

“Men har kuni qaror qabul qilish uchun ishlayman, ularning har biri to‘g‘ri bo‘lishi kerak. Mening asosiy maqsadim klubni muvaffaqiyatga yetaklash, o‘yinchilarni himoya qilish va maydonda maksimal natijalarga erishishdir”, - dedi Arteta Obameyangning “Arsenal”dagi kelajagi haqida so‘ralganda.

Bir tomondan, eng yaxshi formada bo‘lmagan Obameyangni yo‘qotish jamoa natijalariga katta ta’sir ko‘rsatmasa, ikkinchi tomondan, “Arsenal” hujumda asosiy ikki futbolchini yo‘qotish xavfiga duch kelmoqda. Gabonlikdan tashqari, shartnomasi muddati tugaydigan Aleksandr Lyakazett ham Londonni yaqin orada tark etishi mumkin, chunki klubning futbolchi bilan hamkorlikni uzaytirish taklifi fransuzga maqul kelmadi. Bu ikki hujumchining ketishi “kanonirlar”ga jiddiy zarba berishi mumkin, chunki yoshlar ular bilan maydonda tajribali futbolchilar ishtirok etmasa, yuqori natijalarga erisha olmasligi mumkin.

Biroq, Artetaning eski “Arsenal”ni qayta qurishdan boshqa iloji yo‘q va bu yosh jamoa bo‘ladi, unda Obameyang kabi pensiya yoshidagi futbolchilarga joy yo‘q.

“O‘ylaymanki, “Arsenal” hali ham shartnoma tugashiga 18 oy qolgan Obameyangni sotishga harakat qilmoqda. Pyer-Emerik haftasiga 350 ming funt ishlab topadi va agar Mesut O‘zildagidek vaziyat takrorlanmasa, unga yangi klub topish juda qiyin bo‘ladi. Obameyang Arteta uchun hozir kerak bo‘lmagan futbolchi, chunki u jamoani qayta qurish bo‘yicha jiddiy loyihani o‘z zimmasiga olishi kerak va bu konsentrasiya katta qarorlarni qabul qilishni talab qiladi”, dedi yaqinda Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Alan Smit.

“Arsenal” so‘nggi paytlarda haqiqatdan ham ajoyib formaga tushdi. Obameyang tarkibda bo‘lmagan paytdan beri ular ketma-ket beshta o‘yinda g‘alaba qozondi, shundan to‘rttasi Premyer-ligada. Faqatgina fenomenal “Manchester Siti” yangi yilning birinchi kunida London klubi ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Bukayo Saka, Emil Smit-Rou, Gabriel Martinelli - bu yosh iqtidorlarning barchasi “kanonirlar” muxlislariga Arteta jamoasining kelajagi borligiga umid baxsh etadi. Yoshlar natija berishga qodir bo‘lgan vaziyatda, keksa futbolchilar jamoaga kerak bo‘lmaydi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, bu vaziyatdan chiqishning bitta yo‘li bor - Obameyangni yanvar oyidagi transfer oynasida sotish. Ammo, 32 yoshli futbolchi uchun ma’lum miqdorda tovon puli berishni hohlaydigan, hatto haftasiga kamida 350 ming funt maosh bermoqchi bo‘lgan klublar bormi? Matbuotda Saudiya Arabistonidan “Al-Hilol” klubidan taklif borligi haqida gap bor, ammo forvardning o‘zi u yerga borishni istamayapti. “Sent-Etyen” va “Nyukasl” haqidagi mish-mishlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ko‘rinadi, chunki futbolchi klubning ambisiyalariga to‘g‘ri kelmaydi va faqatgina “Nyukasl” uni ijaraga olishi mumkin, “Arsenal” esa bunga rozi bo‘lishi mantiqiy emas.

Obameyang uchun “Barselona”ga o‘tish lotereyada million yutish bilan barobar. Ha, hozir “ko‘k-anorranglilar”ga forvard kerak, ammo inqirozli vaziyatda hatto Joan Laportadek tavakkalchi ham gabonliklarga ishonishga jur’at eta olmaydi. Shunday qilib, mavsum oxirigacha Pyer-Emerik katta ehtimol bilan “Arsenal”da qoladi, u yerda Arteta uni kechirishi va yana o‘ynashiga ruxsat berishi yoki zaxirada futbolchisiga aylanishi mumkin.

 

Jamshidjon Mahmudov tarjimasi.

Kiritildi: 17:33, 11.01.2022.
O'qildi: 3457 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.