Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Atletik Bilbao 2-2 Osasuna
12/05 15:30 Lasio 2-0 Empoli
12/05 17:00 Kadis 1-0 Xetafe
12/05 18:00 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/05 18:00 Verona 1-2 Torino
12/05 19:00 Neftchi 2-2 Andijon
12/05 19:00 So‘g‘diyona 1-2 Navbahor
12/05 19:15 Atletiko 1-0 Selta
12/05 20:30 Man. Yunayted 0-1 Arsenal
12/05 21:00 Yuventus 1-1 Salernitana
12/05 21:30 Valensiya 0-0 Rayo Valyekano
12/05 23:45 Atalanta 2-1 Roma
13/05 00:00 Strasbur 2-1 Mets
13/05 00:00 Klermon 0-1 Lion
13/05 00:00 Nant 1-2 Lill
13/05 00:00 Monpelye 0-2 Monako
13/05 00:00 PSJ 1-3 Tuluza
13/05 00:00 Renn 1-1 Lans
13/05 00:00 Marsel 3-1 Loryan
13/05 00:00 Betis 3-2 Almeriya
13/05 21:30 Lechche - Udineze
13/05 23:45 Fiorentina - Monsa
14/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
14/05 00:00 Barselona - Real Sosyedad
14/05 22:30 Osasuna - Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem - Manchester Siti

Andre Onana UEFAdan alamzada

Andre Onana UEFAdan alamzada

Baho:
+ | -

2021 yil «Ayaks»ning 25 yoshli darvozaboni Andre Onana uchun eng qiyin davr bo‘ldi. Fevral oyi boshida qonida 40 milligramm furosemid borligi aniqlangani sabab 12 oylik diskvalifikasiyaga uchradi. Kiper doping testini 2020 yilning oktyabrida topshirgan, tekshiruvlar deyarli uch oyga cho‘zilgandi. Furosemid - tez ta’sir qiladigan siydik haydovchi preparatlardan biri hisoblanadi. Odatda, uni yurak bilan bog‘liq muammosi bor bemorlarga tavsiya qilishadi.

Ushbu dori vositasi o‘z-o‘zidan doping sanalmasada, taqiqlangan moddalar ro‘yxatiga kiritilgan. Organizmdan taqiqlangan moddalarni chiqarishda ushbu preparatdan foydalanishlari bunga sabab bo‘lgan. Siydik miqdori oshgani sari haqiqiy doping konsentrasiyasi pasayadi. Uni aniqlash qiyinlashadi.

«Ayaks» bosh direktori Edvin van der Sar Andrening yonini oldi. «Biz shartli jazo yoki nisbatan qisqaroq diskvalifikasiyaga umid qilgandik, chunki ushbu preparat uning tanasini kuchaytirish va ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida ishlatilmagandi. Bu noto‘g‘ri», - dedi sobiq darvozabon. «Ayaks» FIFAga murojaat etish orqali cheklov muddatini kamaytirishga erishdi - faqat 9 oyga.

Yarim yildan so‘ng «Ayaks» sport direktori Mark Overmars Andreni sotmoqchiligi haqida xabar berdi. Noyabrdan Onana yashil maydondagi faoliyatini davom ettirdi - ammo «Beshiktosh»ga qarshi kechgan debyut o‘yinidan so‘ng kelgusi yozda Amsterdam klubini tark etishini bildirdi: «Shunchaki, ketadigan vaqtim bo‘ldi - xuddi avvalroq safimizni tark etgan eski tarkib a’zolari singari».

Yaqinda Onana The Players` Tribune nashriga bergan intervyusida holati haqida gapirdi. U jumladan shunday dedi: «Ko‘pchilik meni, hayotimda nimalar sodir bo‘lganini bilaman, deb o‘ylashadi. «Onana? IYE, axir u narkotik sabab taqiqqa uchragan. U firibgar va giyohvand». Bu nomimga tushgan dog‘. Buni oila a’zolarim va farzandlarimga qanday tushuntiraman? Lekin izoh bor. Haqiqatni bilishni istasangiz, joyingizga yaxshilab o‘rnashib, meni tinglang. 2021 yil fevralining bir haftasida hamma narsamdan mahrum bo‘ldim. O‘shanda Kamerun termasi ixtiyorida edim. «Ayaks» shifokoridan qo‘ng‘iroq keldi - qonimda oz miqdorda furosemid borligi aniqlangan. Hayron bo‘lib so‘radim: «Qanaqasiga? Hazillashyapsizmi? Yanglishganingiz aniq. Bunday tekshiruvlar qanday o‘tishidan xabardorman. Ularda hech qachon muammoga yo‘liqmaganman». Tanishlarim bilishadi - ichmayman va chekmayman. Narkotiklarga esa umuman yaqinlashmaganman. O‘shanda hatto furosemid nimaligini ham bilmasdim. Faqat «Ayaks» yoki terma jamoa shifokorlari yozib bergan dorilarni iste’mol qilganman.

«Ayaks»dagilar bilan gaplashganimdan keyin qallig‘im Melaniga qo‘ng‘iroq qildim. Bu haqda kulgu aralash gapirib berdim. Buning shunchaki xato ekanligiga ishonardim. Shunda Melani «Andre, bu modda homiladorligimda shifokorlar yozib bergan dorida bor edi», dedi. Shundagina nima bo‘lganini tushundim. Qaytganimdan so‘ng «Ayaks» shifokori uyimga kelib, farazimni tekshirish uchun shkafdagi barcha preparatlarni ko‘zdan kechirdi. Shu tariqa taxminimni tasdiqladi. Bosh og‘rig‘iga qarshi dori ichish payti qutilarni adashtirib yuborgan ekanman. Boshqa preparatni qabul qilganman - qutilar deyarli bir xil ko‘rinishda edi. Hech nimani o‘ylab topmadim, hech kimni aldamoqchi emasdim. Bu insonga xos xato edi. Jin ursin. Kichkina tabletka. Atigi 40 mg. «Sariq» kutgandim, menga esa «qizil» ko‘rsatishdi. 12 oyni sevimli ishimsiz o‘tkazishga mahkum edim. Futbolsiz bir yil misoli 10 yilga teng.

Mavsum-2016|2017 arafasida murabbiy Peter Bosh bilan uchrashdim. U boshlang‘ich tarkibda tushishimga hali erta ekanligini aytdi: «Evropaning eng kuchli klublariga qaraginda, qaysi birida 20 yoshli darvozabon borligini ayt!». Juda norozi bo‘ldim, ijaraga berishlarini xohladim. Ketishni istadim, lekin meni oladigan jamoa topilmadi. Qolishga majbur bo‘ldim va keyinroq uchta o‘yinda maydonga tushish imkoniyati tug‘ildi. Juda asabiylashdim, oqibatda 1:2 hisobida yutqazdik. Matbuotda odatiy tan-qidlarni o‘qishimga to‘g‘ri keldi. Zaxirada esa bor-yo‘g‘i ikkita o‘yin qolgandi. Keyingi o‘yin boshida darvozamiz tomon penalti belgilandi. Raqib futbolchisi yo‘llagan zarbani qaytardim. Qisqa muddatda Andre Onana asosiy darvozabonga aylanib, «Ayaks» bilan Chempionlar Ligasida porladi. Bularning hammasi ajoyib edi!

Aynan shu Onana preparatlar qabul qilgani uchun diskvalifikasiyaga uchradi. Bir zumda giyohvandga aylandi-qoldi. Hammasi tezda yo‘qoldi. Kun bo‘yi menga yordam bergan futbolchi va murabbiylar nomini tilga olishim mumkin. Shunga qaramay, o‘zimni juda yolg‘iz his qildim. O‘yinlarga borolmadim, jamoa mashg‘ulotlarida qatnasholmadim. G‘alabalarni yigitlar bilan birga nishonlashni mahrum edim - vaholanki, o‘sha mavsumning 60 foiz o‘yinida maydonga tushgandim. Axir bu adolatdanmi? Qonunga amal qilish kerak. Lekin ba’zan o‘zimga savol beraman: «Bu bilan nimaga erishmoqchi edilar? Ular insonga jabr berishni yoqtirishadimi?».

***

Keyinroq Onana The Guardian nashriga bergan intervyusida ushbu mavzuga yana to‘xtaldi: «Futbol - insoniylikka zid. G‘alati: 40 milligramm faoliyatingni barbod qilishi mumkin. UEFA konkret holatni inobatga olmaydi. Agar bir shisha suv olsam, keyinchalik uning tarkibiga nimadir qo‘shilgan bo‘lsa, unda barcha mas’uliyat mening zimmamga yuklanadi. Oddiy insoniy xatolar uchun ham jazo qo‘llayverishadi».

J.BOBOXONOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 20:50, 11.01.2022.
O'qildi: 1552 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.