Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

“Barselona” uch yildan beri “Real” ustidan g‘alaba qozona olmayapti. Xavining murabbiy sifatidagi birinchi “el-klasiko”si yoxud grandlar to‘qnashuvida holat qanday?

“Barselona” uch yildan beri “Real” ustidan g‘alaba qozona olmayapti. Xavining murabbiy sifatidagi birinchi “el-klasiko”si yoxud grandlar to‘qnashuvida holat qanday?

Baho:
+ | -

Bugun Ispaniya Superkubogi yarimfinal uchrashuvi doirasida Madridning “Real” klubi Xavi Ernandes boshchiligidagi “Barselona”ga qarshi maydonga tushadi. Shu sabab, “el-klasiko” deb nomlanuvchi markaziy bahs oldidan o‘yin haqidagi taxminlarimiz bilan o‘rtoqlashishga qaror qildik.

“Barselona” haqida

- Xavi “Barselona” bosh murabbiyi sifatida o‘tkazilgan 11 uchrashuvning atigi 5 tasida g‘alaba qozondi. Garchi, “ko‘k-anorranglilar” ikkita mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa-da,  La Liga g‘olibligi uchun kurashda “Real”ga mag‘lub bo‘ldi. Sababi, Kataloniya klubi va madridliklar orasidagi farq 17 ochkoga yetdi. “Barselona” Chempionlar ligasi zonasiga yaqin, ammo turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi. Ispaniya Superkubogi yarim finali kataloniyaliklarga La Liga doirasidagi mag‘lubiyat alamini olish uchun imkoniyat.

- Kataloniyaliklar jamoasi hujumida muammolar bor. Oxirgi 10 o‘yinda ular bor yo‘g‘i 13 ta gol urishgan, ulardan 6 tasi ikkita o‘yinda. Qolgan 8 o‘yinda esa atigi 7 ta aniq zarba. Klubning oxirgi marta ikkitadan ko‘proq gol urgan o‘yini dekabr o‘rtalarida bo‘lib o‘tgan va hatto “Linares”ga qarshi Ispaniya kubogi bahsida ham 2:1 hisobida g‘alaba qolhzongan. “Granada”ga qarshi bahsda esa kataloniyaliklar De Yongning aniq zarbasi evaziga durang natijaga erishdi.

- Lyuk De Yongning ortga qaytishi haqida mish-mishlar tarqaldi va gollandiyalik futbolchi darhol gol urishni boshladi. “Malyorka” ustidan qozonilgan g‘alaba, aynan De Yong goli evaziga qo‘lga kiritildi.

- Gigant sifatida “Barselona” himoyada juda ko‘p muammolarga duch kelmoqda. Dani Alves hujumni kuchaytiradi, ammo uning zonasi orqali kuchli raqiblar Ter Shtegen darvozasiga yo‘l topishga harakat qilishlari aniq. Nemis futbolchisi anchadan buyon “Barselona” darvozasini qo‘riqlaydi va yetarlicha tajriba bor, shu sabab Mark Andre jamoadagi so‘nggi himoyachi pozisiyasida o‘ynashga majbur. Albatta, kataloniyaliklar har doim o‘z darvozalarida oldida raqib hujum qilishiga yo‘l qo‘yishmaydi, lekin ular joriy mavsumda deyarli har bir uchrashuvda to‘p o‘tkazib yuborishmoqda. 10 ta o‘yin - 12 ta xato.

- Bugun Xavi ilk bor “el-klasiko”da murabbiyi sifatida qatnashadi. Kataloniyaliklar 3-4-3 taktik sxemada o‘ynashi mumkin, ammo bu bahsda himoyaviroq, ya’ni 4-3-3 ko‘rinshida o‘ynashlari ishonchliroq. Himoyada tajribali futbolchilar jangga kirishadi - Alba, Pike va Alves, shuningdek, yetakchi futbolchilar bilan o‘ynab tajriba to‘playotgan Arauxoning ham tushishi kutilmoqda. Uchrashuv shu qadar muhimki, urugvaylik futbolchi jarohat olgan bo‘lsa-da, maydonga tushadi, chunki u birdaniga ikkita kaft suyagini sindirib olgan. Shuningdek, Frenki De Yong, Pedri kabi futbolchilar jarohatidan forig‘ bo‘ldi. Gavi ham bahsga tayyor.

“Barselona”ning taxminiy tarkibi (4-3-3): Ter Shtegen - Alves, Arauxo, Pike, Alba - Buskets, F. De Yong, Pedri (N. Gonsales) - Dembele, L. De Yong (Gavi), Depay.

 

“Real” haqida

- “Qaymoqranglilar” “Bavariya” bilan birga - dunyodagi eng professional jamoalardan biri. Pedri va Gavi qayerda “o‘qisa”, Kroos va Modrich o‘sha yerda “dars bera oladi”. Hatto hujumchi Vaskesning himoyada o‘ng qanotda o‘ynashi ham Anchelotti shogirdlarining maqsad va vazifalarga bo‘lgan munosabati ko‘rsatkichidir.

- “Real Madrid” juda yaxshi harakat qilmoqda, shuning uchun ular doimo motivasiya izlashlari kerak. “Barselona” jadvalda shunchalik ortda qolib ketganki, bugungi kunda ularning kuchini kam baholab qo‘yishi mumkin. Agar raqib yuqori temp taklif qilsa, favoritga qiyin bo‘ladi. “Real” tarkibida ham ko‘plab faxriy futbolchilar bor, hatto Alaba ham bu yil o‘ttiz yoshga to‘ladi, u qariyb o‘n uch yildan beri katta futbolda o‘ynab kelmoqda.

- Kadrlar yo‘qotish bilan bog‘liq muammo deyarli yo‘q. Beyl deyarli unutildi, Karvaxal tayyor. Anchelotti rotasiyaga qilishi mumkin. Axir, Saudiya Arabistoniga parvoz katta kuch talab qiladi, mavsum esa shiddatli, ba’zi futbolchilarga dam berish imkoniyati ham bor. Lekin, oldinda “el klasiko”  bor va bunday o‘yinda maksimal o‘yin ko‘rsatish kerak. Yarimhimoyada har doimgidek, Kroos, Modrich va Kazemiro triosi. Biz hujumning o‘ng tomonida Asensio yoki Rodrigoni ko‘rishimiz mumkin. Qolgan ikki hujumchi esa aniq – Vini va Benzema

- Taktik jihatdan Anchelotti doimo “4-3-3” sxemasidan foydalanadi.

“Real Madrid”ning taxminiy tarkibi (4-3-3): Kurtua - Vaskes (Nacho; Karvaxal), Militao, Alaba, Mendi - Modrich, Kazemiro, Kroos - Rodrigo (Asensio), Benzema, Vinisius.

 

Qarama-qarshilik haqida

- 2019 yilning mart oyidan beri, aniqrog‘i salkam uch yil davomida “Barselona” “Real” ustidan g‘alaba qozona olmadi. Seriya beshta o‘yin va to‘rtta mag‘lubiyatdan iborat bo‘lib, bu kataloniyaliklar uchun 2008 yildan beri “el-klasiko”dagi eng yomon natija bo‘lib qolmoqda, o‘shanda Gvardiola paydo bo‘lgunga qadar xuddi shunday ketma-ket beshta o‘yinda g‘alabasiz seriya qayd etilgana (2 durang va 3 mag‘lubiyat).

- “Real Madrid” La Liga doirasida inqirozdagi “Barselona”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Poytaxtliklar uchun bu raqib qanchalik noqulay ekanini hisobga olish kerak. Xavi hech bo‘lmaganda yangi narsalarni rejalashtirib qo‘ygani aniq va esda tutingki, kataloniyaliklar safida Buskets Pike kabi jahon va Yevropa chempioni, Frenki De Yong kabi ajoyib iste’dod, Pedri va Gavidek iqtidorlar bor.

 

Manba: Soccer.ru
Kiritildi: 14:35, 12.01.2022.
O'qildi: 4909 marta.
Fikrlar: 32 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.