Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

“Navbahor” muxlisidan viloyat hokimiga sovg‘a

“Navbahor” muxlisidan viloyat hokimiga sovg‘a

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Namangan futbolsevarlar viloyati ekanligi barchaga ma’lum. Buni muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev viloyatimizga tashriflari chog‘ida ham e’tirof etib, “Namangan o‘zbek futboliga Odil Ahmedov singari iste’dodli, vatanparvar futbolchini yetkazib berganligi bilan faxrlanishi, “Navbahor” muxlislari Angliya, Italiya va Fransiya futbol fanatlaridan qolishmasligi, viloyatimiz shahar va qishloqlarida Odil Ahmedovning izdoshlari yana ko‘plab topilishi, “Navbahor” futbol klubi bazasida “Futbol akademiyasi”ni tashkil etib, Davlatobod tumanini sport shaharchasiga aylantirish” borasida fikr bildirgandilar. 

Muhtaram Yurtboshimiz bejizga viloyatimiz futbolini e’tirof etmadilar. Boisi, Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti Shavkat Shokirjanovich Abdurazzoqov ham viloyatimizda millionlar o‘yiniga ulkan e’tibor qaratmoqda. Viloyatimiz rahbari nafaqat yurtimiz, balki sobiq ittifoq va Osiyoda o‘z ham o‘rniga ega, milliy chempionatimizning eng sovrindor jamoalaridan biri bo‘lgan “Navbahor”ning oldingi shonli tarixini tiklash maqsadida.

Shu bois, jamoamiz tarkibi tajribali va mahoratli futbolchilar hisobiga kuchaytirilib, “Navbahor”ning oldiga yangi mavsumda Osiyo Chempionlar Ligasi (OCHL) yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yildi hamda jamoamiz a’zolari ayni paytda Turkiyaning Antaliya shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib borishmoqda. 

Albatta, Shavkat Shokirjanovichning futbolga ulkan e’tibor qaratayotgani “Navbahor” muxlislarini xursand qilmoqda.

Bugun “Navbahor” PFK qarorgohiga jamoamizning fidoyi va jonkuyar muxlisi Rustam Muhammedov “Navbahor” PFK fan-klubi yetakchilari – Hamidullo Mukarramov hamda Muzaffar Gaffarov hamrohligida tashrif buyurib, viloyatimiz rahbarining millionlar o‘yiniga bo‘lgan e’tiborlarini e’tirof etgan holda, Shavkat Abdurazzoqovga minnatdorchilik va tashakkur sifatida jamoamiz muxlislari nomidan o‘zbek milliy libosi – to‘n sovg‘a qildi.

Viloyatimiz rahbari ayni paytda mehnat ta’tilida bo‘lganligi bois, Rustam Muhammedovdan hokimning sovg‘asini “Navbahor” PFK prezidenti Otabek Arifovich Samatov qabul qilib oldi hamda muxlisga tashakkur bildirgan holda, mazkur to‘nni mehnat ta’tilidan qaytganidan so‘ng, viloyatimiz rahbariga yetkazishini bildirdi. 

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.  

Manba: Навбаҳор клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 19:36, 13.01.2022.
O'qildi: 1533 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.