Londonning «Arsenal» klubi himoyachisi Sead Kolashinas «Marsel» qiziqish markaziga tushgan.
Fransuzlar bosniyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashga umid qilmoqda, biroq ular kelishuvga erishish uchun bir necha o‘yinchilarni sotishiga to‘g‘ri keladi.
Bu esa «Marsel»ga bosniyalik futbolchiga yetarlicha maosh to‘lash imkonini beradi.
Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli Kolashinasning «Arsenal» bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga yetadi.
Joriy mavsum himoyachi «kanonirlar» safida 5 ta o‘yin o‘tkazib, samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.