Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/03 01:00 Arsenal 2-2 PSV
13/03 01:00 Aston Villa 3-0 Bryugge
13/03 01:00 Atletiko 1-0 Real Madrid
15/03 00:45 Jenoa - Lechche
15/03 01:00 Las-Palmas - Alaves
15/03 18:00 Valyadolid - Selta
15/03 19:00 Monsa - Parma
15/03 19:00 Udineze - Verona
15/03 20:00 Everton - Vest Xem
15/03 20:00 Ipsvich - Nottingem Forest
15/03 20:00 Manchester Siti - Brayton
15/03 20:00 Sautgempton - Vulverhempton
15/03 20:15 Malyorka - Espanyol
15/03 22:00 Milan - Komo
15/03 22:30 Vilyarreal - Real Madrid
15/03 22:30 Bornmut - Brentford

Aleksis Sanches: unutilgan daho

Aleksis Sanches: unutilgan daho

Baho:
+ | -

Chili terma jamoasining faxriy a’zolaridan biri bo‘lgan Aleksis Sanchesni butun dunyo futbol ahli juda yaxshi tanishadi. Uning ajoyib o‘yinlarini ko‘rib o‘rganib ham qolganmiz. Biroq Sanches yaqin yillar davomida top futbolchilar qatoridan chiqib qolgan, uning nomi esa ko‘p ham yangramay qo‘ygandi. Hujumchining kuni kecha, «Yuventus»ga qarshi ko‘rsatgan ajoyib o‘yini, o‘sha eski damlarni yana yodga soldi.

«Nerazzurilar»ning Italiya superkubogida «Yuventus» ustidan qozongan g‘alabasi Aleksis Sanchesning ajoyib sovrinlar kolleksiyasiga yana bir medal qo‘shilishiga sabab bo‘ldi. 33 yoshli futbolchi 120 daqiqalik o‘yinning so‘ngida yo‘llagan golli zarbasi orqali jamoasini g‘alaba sari yetaklay oldi. Umuman olganda, bu Sanches o‘z faoliyati davomida hal qiluvchi so‘zni aytgan birinchi turnir emas. U «Arsenal»da o‘ynab yurgan damlarda ham bir necha bor kechagi kabi gollarga mualliflik qila olgan. Xususan, u 2015 yilgi Angliya Kubogi finalida «Aston Villa» ustidan qozonilgan g‘alabada fantastik gol urishga erishgan edi. Oradan ko‘p o‘tmay, 2017 yilda ham Sanches yana o‘sha turnirda katta sahnaga chiqadi. O‘shanda, u jamoasining ilk goliga mualliflik qilib, g‘alabaga munosib hissa qo‘shgan. O‘yin esa 2-1 hisobida «Arsenal»ning «Chelsi» ustidan g‘alabasi bilan tugaydi. Aleksis Sanches munosib tarzda bahsning eng yaxshi futbolchisi nomiga loyiq topiladi...

Sanchesning «Manchester Yunayted»ga ko‘chishi unchalik ham omadli bo‘ldi deya olmaymiz. Ammo hujumchi «Arsenal»da haqiqiy oltin davrni boshidan o‘tkazadi. U «kanonirlar» safida jami 166ta bahsda qatnashgan bo‘lib, bu vaqt davomida 80ta gol hamda 45ta assist qayd eta oldi.
Uning yana bir yirik va o‘ziga xos turnirdagi faoliyatiga to‘xtalib o‘tsak. 2015 yilda Chili poytaxti Santiago shahrida bo‘lib o‘tgan Kopa Amerika musobaqasi finalida Chili hamda Argentina to‘qnash keladi. O‘shanda hisob ochilmagan. Penaltilar seriyasida esa so‘nggi zarbani qoyilmaqom qilib bajargan Sanches, o‘z jamoasini g‘alaba qozonishini ta’minlaydi. Chili Amerika chempioni bo‘ladi! 2016 yilgi AQSHda o‘tkazilgan turnirda yana o‘sha ikki raqib to‘qnash keladi. Buni qarangki, qaytadan o‘sha ssenariy takrorlanib, Chili ikkinchi marta ketma-ket chempionlikka erishadi. Ushbu vaqtda esa Sanches jamoasi uchun katta ishni bajarib beradi. Chili bir muddat futbolida oltin davrni boshdan kechirdi. Bu davr esa Aleksis nomi bilan qattiq bog‘langan edi. Hujumchi hozirga qadar «Qizillar» safida jami 144 marta o‘yin o‘tkazib, 47ta golga mualliflik qildi. U hozirda o‘z millatining haqiqiy afsonalaridan biriga aylanib ulgurgan. Chili terma jamoasida hozirga qadar faqat ikkita yirik turnir tituli mavjud. Har ikkisi ham Aleksis Sanches davrida qo‘lga kiritilgan o‘sha chempionliklardir.

Tarixni bir chetga surib, bugungi kunga qaytamiz. Hozir Sanches «Inter»da harakat qiladi. Uning jamoa uchun foydasi ko‘p tegadi. Buni kechagi o‘yin ham ko‘rsatib berdi. Aleksis qanot hujumchisi sifatida eng kreativ futbolchilardan biridir. U har safar jamoasining qarshi hujumida katta hajmdagi ishni bajaradi. Top darajadagi «Inter»ning qurollaridan biri hali-hamon Sanches bo‘lib qolmoqda. Jamoa ustozi Simone Inzagi ham chililik forvardga suyanish mumkinligini, uni jamoaga nechog‘lik kerak ekanini juda yaxshi biladi. Ayniqsa, klub kuchli raqibga qarshi, to‘psiz harakat qilsa, Sanches qarshi hujumning ajralmas vakili sifatida namoyon bo‘la boshlaydi. Bu esa 33 yoshli afsonaviy hujumchining yuksak iqtidoridan darak beradi.

«Inter» muxlislarini Superkubok bilan tabriklaymiz!

 


Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: futaa.com
Kiritildi: 00:23, 14.01.2022.
O'qildi: 1815 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.