"Sevilya" "Portu" yarim himoyachisi Xesus Koronani sotib olganini e’lon qildi.
29 yoshli meksikalik futbolchi ispan klubi bilan 2024/25 yilgi mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi. Transfermarkt.com portali xabariga ko‘ra, transfer "Sevilya"ga 3 million yevroga tushgan.
2021/22 yilgi mavsumda Korona “Portu” tarkibida 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.