"Ajdarlar" yangi mavsumga tayyorgarlikni 3-yanvardan boshlagan edi. Tayyorgarlikning birinchi qism so‘ngida vakillarimiz Buxoroning "Buxoro" jamoasi bilan kuch sinashib, 2:2 hisobidagi durang qayd etilgan edi. Shundan so‘ng futbolchilarimiz 3 kunlik kichik ta’tilga chiqishgandi.
Futbolchilarimiz bugundan yana Qarshidagi qarorogohda yig‘ilishib, mashg‘ulotlarga kirishishdi. Shuningdek jamoamiz mashg‘ulotlariga Marko Stanoyevich va Husayn Norchayevlar ham kelib qo‘shilishdi.
"Nasaf" futbol klubi matbuot xizmati