"Zenit" himoyachisi Deyan Lovren FIFA ramziy terma jamoasida "Liverpul" hujumchisi Muhammad Salohning yo‘qligiga munosabat bildirdi.
"Saloh uchun FIFA jamoasida yana joy yo‘q? Futbolni tushunadigan odamlar biladiki, Muhammad u yerda bo‘lishga loyiq edi. Saloh FIFA jamoasida bo‘lish uchun nima qilishi kerak? Ehtimol, Evropa pasporti", dedi futbolchi.