“Arsenal” himoyachisi Sead Kolasinas faoliyatini Fransiyada davom ettiradi. Jurnalist Fabrisio Romanoning fikricha, yaqin kelajakda u "Marsel" futbolchisiga aylanadi.
Klublar 28 yoshli bosniyalik futbolchining transferi bo‘yicha muzokaralarni yakunlashmoqda.
Joriy mavsumda Kolasinas "Arsenal" safida atigi 5 ta o‘yin o‘tkazib, 270 daqiqa o‘ynadi va 2 ta sariq kartochka oldi. Transfermarkt portali futbolchini 3 million yevroga baholamoqda.