"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes "Alaves"ga qarshi kechadigan o‘yin oldidan Frenki de Yongni holati haqida gapirdi.
"Frenki De Yong biz uchun muhim futbolchi va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. U yaqindagina jarohatdan qaytib keldi. Bir necha sabablarga ko‘ra u "San Mames"da zaxirada qoldirildi. Men u yana top holatiga qaytishidan shubham yo‘q", - dedi mutaxassis.