Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

Afrika kubogi. Tunis Nigeriyani musobaqadan chiqarib yubordi

Afrika kubogi. Tunis Nigeriyani musobaqadan chiqarib yubordi

Baho:
+ | -

Nigeriya terma jamoasi Afrika Millatlar kubogi 1/8 final uchrashuvida Tunisga imkoniyatni boy berdi. Garua shahrida «Stade Omnisport Roumde Adjia» stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tunisliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Yagona gol ikkinchi bo‘lim boshida hujumchi Yussef Msakni tomonidan kiritildi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida nigeriyaliklar o‘n kishi bilan qolishdi: yarim himoyachi Aleks Ivobi zahiraga tushganidan besh daqiqa o‘tib qizil kartochka oldi.

Tunis termasi Afrika kubogining chorak finaliga chiqdi va u yerda avvalroq Gabonni mag‘lub etgan Burkina-Faso termasi bilan o‘ynaydi. Nigeriya terma jamoasi turnirni tark etadi.

Nigeriya — Tunis – 0:1 (0:0, 0:1)

Gol: 0:1 – 47 Msakni.

Nigeriya – Okoye, Ayna, Omeruo, Trost-Ekong, Sanusi, Ndidi, Aribo (Musa, 88), Chukvueze (Umar, 75), Saymon, Ixeanacho (Ivobi, 59), Avoniyi (Olayinka, 60).

Tunis – Ben-Said, Dreger, Ifa, Talbi, Xaddadi, Sxiri, Laiduni, Sliman (Rekik, 90), Rafya (Sliti, 69), Msakni (Xazri, 86), Jaziri (Jebali, 86).

Ogohlantirishlar: Ixeanacho (20), Laiduni (53).

Chetlatish: Ivobi (66).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:00, 24.01.2022.
O'qildi: 2340 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.