Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

"Barselona" prokuraturaga Bartomeu boshqaruvi haqida hisobot yuboradi

"Barselona" prokuraturaga Bartomeu boshqaruvi haqida hisobot yuboradi

Baho:
+ | -

Kataloniyaning "Barselona" klubi sobiq prezidenti Xosep Mariya Bartomeu davridagi rahbariyatga oid tergov natijalari 1 fevral kuni e’lon qilinishi ma’lum bo‘ldi.  

"1 fevral kuni klubning avvalgi prezidentlik davridagi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qoidabuzarliklarni aniqlash maqsadida, moliyaviy audit natijasida o‘tkazilgan chuqur tekshiruvlar natijasi keng ommaga e’lon qilinadi. Har tomonlama tekshirish jarayonida aniqlangan barcha natijalar mahalliy prokuraturaga yuboriladigan bayonnomaga kiritiladi", — deyiladi klubning rasmiy bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, Bartomeu "Barselona" prezidentligidan o‘tgan yilning kuzida chetlatilgan edi. Funksioner jamoadagi yomon natijalar va jamoa sardori Lionel Messini jamoani tark etishiga sabab bo‘lganligi uchun tanqidlarga uchragandi.

Kiritildi: 16:02, 27.01.2022.
O'qildi: 2046 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.