Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

«Tottenxem» Italiya A seriyasi klubi vakilini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin

«Tottenxem» Italiya A seriyasi klubi vakilini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin

Baho:
+ | -

«Verona» va Chexiya terma jamoasi yarimhimoyachisi Antonin Barak «Tottenxem» skautlarining nazariga tushdi. Londonliklar yanvar oyi oxirigacha Italiya klubi bilan transfer borasida muzokara olib borishga harakat qilishadi. Qayd etilishicha, «shporlar» rahbariyatiga 27 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolashni jamoa bosh murabbiyi Antonio Konte shaxsan murojaat qilgan.

Shunga o‘xshash ma’lumotlar payshanba kuni mahalliy matbuotda e’lon qilindi va vaqt o‘tishi bilan jurnalist Nikolo Skira o‘zining tvitterida bu ma’lumotni tasdiqladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, «Tottenxem» Barak uchun taxminan 20 million yevro to‘lashi kerak.

Joriy mavsumda futbolchi «Verona» safida A seriyada 19 o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 03:19, 28.01.2022.
O'qildi: 794 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.