Italiyaning «Inter» klubi futbolchisi Stefano Sensi faoliyatini A Seriyaning boshqa klubida o‘tkazadigan bo‘ldi. Bu haqda «neradzurrilar» rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
26 yoshli futbolchi «Sampdoriya» tarkibida ijara asosida to‘p suradi. Ijara muddati 2021/2022 yilgi mavsumning oxirigacha mo‘ljallangan.
Joriy mavsum u "Inter" tarkibida 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol kiritgandi.