Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

19 yoshgacha bo‘lgan eng qimmat futbolchilar (top-7)

19 yoshgacha bo‘lgan eng qimmat futbolchilar (top-7)

Baho:
+1 | -

19 yoshgacha bo‘lgan eng qimmat 7 nafar futbolchi haqida ma’lumot berishga qaror qildik.

Jovanni Reyna

Klub: “Borussiya Dortmund”
Yosh: 19 yosh
Transfer narxi: 42 mln yevro

AQSHda yaxshi avlod futbolchilari shakllanmoqda. Reyna esa ulardan biri. Yarimhimoyachiga omad kulib boqdi, uning Yevropadagi sayohati yosh futbolchilarni qadrlaydigan va ular bilan ishlashni biladigan klubdan boshlandi. Ammo, amerikalikning o‘ziga xos iqtidori borligini ham e’tirof etish zarur. Uning o‘yini yildan-yilga shakllanib bormoqda va har mavsumda uning maydondagi o‘ynash vaqti ko‘payib bormoqda. Ammo, futbolchi sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sabab salkam butun mavsumni o‘tkazib yuborgani achinarli holat.

Joriy mavsumda Reyna Bundesligada “Borussiya” safida atigi 3 ta o‘yinda maydonga tushdi, biroq u bir vaqtning o‘zida 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, u AQSH terma jamoasi safida 9 ta o‘yin va 4 ta gol urgan. Jovanni ikkinchi eng qimmat amerikalik futbolchi bo‘lib, “Chelsi” vingeri Kristian Pulishichdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Tez orada top-klublar bu yigitni o‘z safiga qo‘shib olish uchun harakatni boshlaydi. Ehtimol, allaqachon boshlagan.

Eduardo Kamavinga

Klub: “Real Madrid”
Yosh: 19 yosh
Transfer narxi: 55 mln yevro

Kamavinga “Real Madrid”ning yozdagi so‘nggi xaridlaridan biri hisoblanadi. 2021 yilning avgustida yosh yarimhimoyachi 31 million yevro evaziga “Renn”dan “qirollik klubi”ga o‘tdi. Fransiyalik futbolchi tajribali bo‘lsa-da, Karlo Anchelotti qo‘l ostida ko‘p o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. 18 yoshigacha u “Renn”ning asosiy jamoasi tarkibida 88 ta o‘yin o‘tkazgan.

Muhimi, “qaymoqranglilar” futbolchini ijaraga olmadi. Demak, madridliklar kelajakni o‘ylab ish qilgan va albatta Eduardoga imkon berishadi. Toni Kroos va Luka Modrich hali ham top darajada o‘yin ko‘rsatishmoqda, ammo ularni “Real”ga bog‘lab qo‘yishgani yo‘q va kundan-kunga yoshlari o‘tib bormoqda. Kamavinga va Federiko Valverde kabi futbolchilar kelajakda albatta Madrid grandi asosiy yarimhimoyachisiga aylanadi.

Jamol Musiala

Klub: “Bavariya”
Yoshi: 18 yosh
Transfer narxi: 55 mln yevro

2019 yilning yozida Musiala “Bavariya” safiga qo‘shildi. Oradan bir yil o‘tib u Bundesligada debyut qildi. Shu kunga qadar yarimhimoyachi “nemis mashinasi”ning asosiy tarkibida 64 ta o‘yin o‘tkazgan. Bu mavsumda ham yigitcha yaxshi harakat qilmoqda. U barcha musobaqalarda 26 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Musiala eng istiqbolli nemis futbolchilaridan biri sanaladi. Jamol Yoaxim Lyov davrida mamlakat bosh jamoasida debyut qilgan, Xans-Diter Flik ham unga ishonmoqda. Uning qo‘l ostida yarimhimoyachi “Bavariya”ning asosiy jamoasida o‘ynay boshladi. Musiala Germaniyada juda mashhur, ayniqsa u Angliya jamoasini emas, nemislar safida o‘ynashga qaror qilganidan keyin.

Ansu Fati

Klub: “Barselona”
Yosh: 19 yosh
Transfer narxi: 60 mln yevro

Fati ajoyib salohiyatga ega futbolchi. Buni “Barselona”da katta hurmatga ega. Kataloniyaliklar futbolchini sotib olmoqchi bo‘lgan klublarga bir necha bor rad javobini berishgan. Bu futbolchi sog‘lom bo‘lsa, u jamoaga juda foydali bo‘lishi mumkin. Ammo, 2019/20 yilgi mavsumdagi omadli o‘yindan so‘ng ispaniyalik jarohatlar bilan bog‘liq muammoga uchradi. So‘nggi 1,5 mavsumda yosh vinger La Ligada bor-yo‘g‘i 12 ta o‘yinda maydonga tushgan bo‘lsa-da, 7 ta gol urishga erishgan.

Fati Barselonada Messining merosxo‘ri hisoblanadi va klub unga argentinalik futbolchining raqamini bergan. Ammo, bunday erta yoshda jiddiy muammolar futbolchini ham, uning klubini ham qiyin ahvolga solib qo‘ydi. Ispaniyalik yosh va istiqbolli bo‘lib qolsa-da, u jarohatlardan qochish uchun nimadirni o‘zgartirishi kerak.

Florian Virts

Klub: “Bayer”
Yoshi: 18 yosh
Transfer narxi: 70 mln yevro


Virts Musiala bilan birga ayni damda nemis futbolining asosiy istedodlaridan biri sanaladi. Florian “Chelsi”ga ketgan Kay Havertsning o‘rinbosari hisoblanadi. “Bayer”ning Bundesligada kuchli 4likka kirishida, yosh yarimhimoyachining xizmati katta. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 24 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Virts joriy mavsumda Germaniya chempionatida ikkinchi eng yaxshi assistent bo‘lib turibdi, bu ko‘rsatkich bo‘yicha “Bavariya” futbolchisi Tomas Myullerdan keyin ikkinchi o‘rinda. Florianga boshqa klublar allaqachon “tuzoq qo‘yishni” boshlagan. “Bayer” sport direktori Rudi Feller “dorichilar” o‘z shogirdini uzoq vaqt ushlab tura olmasligini ochiq tan oldi. Ammo Virts hozircha Leverkuzenda qolmoqda va Chempionlar ligasini shaharga qaytarish uchun harakat qilmoqda.

Jud Bellingem



Klub: “Borussiya Dortmund”
Yoshi: 18 yosh
Transfer narxi: 75 mln yevro

Bellingem Dortmundning “Borussiya” klubining ushbu reytingdagi ikkinchi vakili hisoblanadi. Yarimhimoyachi atigi bir yarim mavsumni “asalarilar” safida o‘tkazdi, lekin allaqachon jamoaning asosiy o‘yinchilaridan biri hisoblanadi. Joriy mavsumda futbolchi gol+pas tizimi bo‘yicha 9 ochko to‘pladi. Shuningdek, Judning o‘yin vaqti sezilarli darajada ko‘paydi.
Britaniyalik mutaxassislar angliyalik allaqachon o‘z vataniga qaytib, Premyer-ligada faoliyatini boshlashi mumkinligini gapirishmoqda. Roy Kinning fikricha, “Manchester Yunayted” Bellingem bilan shartnoma imzolashi kerak, Jeymi Karrager esa o‘z vatandoshini “Liverpul”da ko‘rmoqchi. Dortmundning “Borussiya” klubi yarimhimoyachini vaqti kelganda sotib yuborishini tan olgan va ushbu voqea shu yili bo‘lishi kutilmoqda.

Pedri

Klub: “Barselona”
Yosh: 19 yosh
Transfer narxi: 80 mln yevro

Reytingni “Barselona” vakili boshqarib turibdi. Kataloniyaliklarda hozir yosh futbolchilarning yaxshi avlodi bor va Pedri ulardan biri. 19 yoshida u “ko‘k-anorranglilar”ning asosiy tarkib futbolchisiga aylangan va “Golden Boy-2021” mukofoti sovrindori. Ushbu reytingning deyarli barcha ishtirokchilari ushbu mukofotga da’vogarlik qilishdi, ammo ispaniyalik sovrinni qo‘lga kiritdi.

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes bir necha bor yosh yarimhimoyachining o‘yiniga qoyil qolishini aytgan. Va umuman olganda, ko‘plab mutaxassislar Pedri haqida yaxshi gaplarni gapirishadi. Yigitchada ajoyib futbolchi bo‘lish uchun barcha sharoit bor. Keyin hamma narsa unga bog‘liq. Hozircha ispaniyalik mehnatkashligi bilan qolganlardan ancha turibdi.


Jamshidjon Mahmudov tarjimasi

Kiritildi: 22:52, 29.01.2022.
O'qildi: 4192 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.