Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

“Liverpul” Kloppsiz va yetakchilarsiz o‘ynashni o‘rganish vaqti keldi!

“Liverpul” Kloppsiz va yetakchilarsiz o‘ynashni o‘rganish vaqti keldi!

Baho:
+ | -

Yurgen Klopp “Liverpul”da ish boshlagandan sshng, mersisaydliklar doimiy ravishda yuqori o‘ringa da’vogar klubga aylandi va hatto uzoq kutilgan chempionlikni ham qo‘lga kiritdi. Biroq, klub uchun Yurgen Kloppsiz kelajak haqida ham o‘ylash vaqti keldi. Shu sabab, “Stadion.uz” nashri “Liverpul” buyog‘iga nima qilish kerakligi haqida biroz fikr yurishga qaror qildi.

Yurgen Kloppning “Liverpul” bilan shartnomasi yana 2,5 yilga amal qiladi. Nemis mutaxassisi 2024 yilning yozida klubni tark etishi ehtimoli katta va bu haqida murabbiyning o‘zi ham bir necha bor OAVga bergan intervyusida aytib o‘tgan. Agar, Klopp shartnomasining oxirigacha klubda qolsa, bu vaqtga kelib Klopp 9 yil davomida “Enfild”da ishlagan bo‘ladi. Murabbiyning o‘zi oilasiga vaqt ajratish uchun karyerasida biro pauza qilish haqida o‘ylayotganini aytdi, hamda “qizillar” bilan yangi shartnoma imzolamasligini ta’kidladi.

Garchi Premyer-ligada endigina tajriba orttira boshlagan Stiven Jerrard va “Liverpul”da germaniyalik mutaxassisga yordamchi bo‘lib ishlayotgan Pep Leyndersning nomzodlari muhokama qilinayotgan bo‘lsa-da, Kloppning o‘rnini bosadigan murabbiy haqida gapirishga hali biroz erta.

Biroq, “Liverpul” uchun kelajak haqida o‘ylash vaqti keldi, chamamizda. Oktyabr oyida Chempionlar ligasi doirasida “Atletiko Madrid”ga qarshi o‘yinda Klopp o‘rtacha yoshi 29 yosh-u 130 kun bo‘lgan tarkibni maydonga tushirdi. Bu 1953 yildan beri “Liverpul”ning “eng keksa” boshlang‘ich tarkibi sifatida tarixda qoldi. Britaniyalik jurnalistlar 2024 yilning yozigacha faqat Trent Aleksandr-Arnold, Nabi Keyta va Diogo Jota kabi asosiy tarkib futbolchilarning yoshi 30 dan oshmasligini hisoblab chiqishdi. Albatta, bevosita zaxirada Ibrohim Konate, Jo Gomes, Konstantinas Simikaslar ham bor. Ammo, umuman olganda, ko‘rinib turibdiki, hozirgi “Liverpul”ning hozirgi barcha yetakchilari faoliyatini so‘nggi yillarini o‘tkazmoqda.

 

Mersisaydliklar oldida hal qilinishi kerak bo‘lgan yana bir qancha muammolari bor. 18 oydan so‘ng, aniqrog‘i 2023 yilning yozida Saloh, Mane va Firminoning shartnomalari o‘z nihoyasiga yetadi. Shunday qilib, “Liverpul” yaqin kelajakda o‘z triosi bilan nima qilishni o‘ylashi kerak. Klub yo shartnomalarni yangilab, ularga ancha katta maosh taklif qilishi yoki sotib, o‘rniga boshqa futbolchi izlashi kerak. Qo‘shichasiga, 2023 yilda Nabi Keyta bilan ham shartnoma uzaytirilishi kerakligini qo‘shib qo‘ying.

 

Angliyada ular 2024 yil yoziga kelib, “Liverpul”ning holati Ser Aleks Fergyuson ketgandan keyingi “Manchester Yunayted”ning holatiga juda ham o‘xshashib ketishi mumkin. O‘sha paytlarda mankunianliklar tojni hech kimga bermagan bo‘lsa-da, lekin o‘sha paytda hammasini ham faxriy fubolchilar hal qilishgan: Evra, Karrik, Vidich va Berbatovlar 31 yoshda, Ferdinand - 34, Skoulz - 38, Giggz - 39. 27 yoshli Runi va 29- yoshli van Persi o‘sha vaqtga qadar o‘zining eng yaxshi mavsumlarini o‘tkazgan. “Manchester Yunayted” o‘shandan beri hech qachon avvalgi holatiga qaytmadi va hozir ham qaytgani yo‘q.

“Liverpul” holatida ko‘p narsa klubning keyingi transfer oynalarida sotish va chotib olish borasida to‘g‘ri tanlov o‘tkazishi kerak bo‘ladi. Biroq, bu yerda ham mersisaydliklar uchun biroz muammo bo‘lishi mumkin. Chunki, 10 yildan so‘ng sport direktori Maykl Edvards ham klubni tark etadi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, Maykl klubdagi faoliyati davomida Chempionlar ligasida va uzoq kutilgan ichki chempionatdagi g‘alaba keltirgan o‘yinchilarning ko‘pini o‘zi jamoaga taklif qilgan. Aslida Kloppningham liverpulliklar safiga kelishini Edvards talab qilgan. Ya’ni, uning “Liverpul” uchun xizmatlarining cheki yo‘q. Edvardsning o‘rnini uning yordamchisi Xulian Uord egallaydi, ammo u ustozining ishlarini qanday davom ettiradi, bu - noma’lum.

Umuman olganda, “Liverpul” uchun kelajak haqida jiddiy o‘ylash vaqti keldi – Edvardssiz, Kloppsiz va yoshi o‘tib borayotgan yetakchilarsiz. Klubga yangi qonni olib kirish uchun vaqtni o‘tkazib yubormaslik juda muhimdir.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 13:28, 30.01.2022.
O'qildi: 4989 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.