Argentinaning "River Pleyt" jamoasi forvardi Xulian Alvares "Manchester Siti" a’zosiga aylanadi. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, "Manchester Siti" va "River Pleyt" o‘rtasida barcha hujjatlar imzolandi. Bitim yakunlandi va yaqin soatlarda rasman e’lon qilinadi.
Shuningdek, "shaharliklar" 21 yoshli argentinalik futbolchi kamida iyul oyigacha Argentina klubida qolishini tasdiqladi.