"Manchester Siti" jamoasi chap qanot vingeri Jek Grilish jamoa futbolchilarining maqsadi YECHLda g‘alaba qozonish ekanligini aytdi.
"Chempionlar ligasi sovrinining qiymati juda katta. Menimcha, "Man Siti" kiyinish xonasidagi aksariyat yigitlar shuni xohlashadi – ular klub qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan barcha sovrinni yutib olishdi. Albatta, YECHLdan tashqari. Bu sovrinni yutish jamoadoshlarim va men uchun joriy mavsumdagi bosh maqsadimiz", - dedi angliyalik futbolchi.