Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza 0-1 Bolonya
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut - Brentford
04/03 00:30 Everton - Byornli
04/03 00:30 Lids - Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton - Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

Dembele «Arsenal»ga o‘tishdan bosh tortdi

Dembele «Arsenal»ga o‘tishdan bosh tortdi

Baho:
+ | -

«Barselona» vingeri Usmon Dembele «Arsenal»ga o‘tishdan bosh tortdi, deya xabar beradi insayder Fabrisio Romano.

Fransiyalik futbolchi «Arsenal» hujumchisi Pyer-Emerik Obameyangni Kataloniya klubiga o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga kirishishi mumkin edi. Ammo Dembele London jamoasiga o‘tishdan manfaatdor emas.

Obameyang hozirda Barselonada istiqomat qiladi. Klub uning transferini amalga oshirish uchun yechim topishga harakat qilmoqda. Buning uchun gabonlik futbolchi maoshini sezilarli darajada kamaytirishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, Dembele «Barselona» bilan yozda tugaydigan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgan edi. Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi yo Dembele bilan shartnomani uzaytirishini, yoki jamoadan ketishi kerakligini aytdi.

24 yoshli futbolchi joriy mavsumda La Ligada 6 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt futbolchini 30 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 20:20, 31.01.2022.
O'qildi: 2363 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.