Braziliyalik himoyachi Felipe "Atletiko"dagi faoliyatini davom ettiradi, deya xabar berdi "Mundo Deportivo" nashri.
Xabarlarga ko‘ra, klub va futbolchi joriy mavsum yakunida nixoyasiga yetadigan shartnomani 2 yilga uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Yaqin orada rasmiy xabar e’lon qilinadi.
32 yoshli futbolchi La Ligada 14 o‘yinda maydonga tushib, 2 gol va 1 golli uzatmani amalga oshirdi.