Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 23:45 Kalyari 2-3 Fiorentina
24/05 23:45 Jenoa - Bolonya
25/05 00:00 Jirona - Granada
25/05 17:00 Osasuna - Vilyarreal
25/05 19:15 Real Sosyedad - Atletiko
25/05 21:00 Yuventus - Monsa
25/05 21:30 Almeriya - Kadis
25/05 21:30 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
25/05 23:45 Milan - Salernitana
26/05 00:00 Real Madrid - Betis

«90min». APLda amalga oshirilgan eng yaxshi transferlar o‘ntaligi e’lon qilindi!

«90min». APLda amalga oshirilgan eng yaxshi transferlar o‘ntaligi e’lon qilindi!

Baho:
+ | -

Yanvar oyida ko‘plab voqealarga guvoh bo‘ldik. Unda butun dunyoda bo‘lgani kabi, Angliyada ham bir qator futbolchilar o‘zining yangi jamoasini aniqlab oldi. Ular ichida yuqori kalibrga mansub o‘yinchilar, yosh iste’dodlar hamda shu bilan birga, o‘rtamiyona futbolchilar ham mavjud. Quyida, sizning e’tiboringizga transferlar oynasida so‘nggi kunda amalga oshirilgan xaridlarning eng yaxshi o‘ntaligini havola etamiz.

10. Oston Trasti – «Arsenal»

Transfer: doimiy
Qayerdan: «Kolorado Repidz»
Summa: tekin

«Arsenal» yanvar oyida AQSH futbol olamiga ikki bora tashrif buyurdi. Birida AQSH terma jamoasi darvozaboni Mett Tyornerni sotib olgan bo‘lsa, boshqasida Oston Trastini xarid qildi va uni o‘z jamoasi - «Kolorado»da ijara asosida qoldirdi. Trasti to‘rt yildan beri MLSda o‘ynab keladi. 23 yoshli futbolchi hali xalqaro darajada terma jamoaga jalb etilmagan. Ushbu ko‘chish esa Trasti karyerasi uchun juda ham foydali bo‘ladi.

9. Dele Alli – «Everton»

Transfer: doimiy
Qayerdan: «Tottenxem»
Summa: 40 million funt, qo‘shimcha bonuslar bilan birga

Alli 2018 yildan beri futbol olamida e’tibordan chetda qola boshlagan edi. Uning faoliyati ancha murakkablashib ketgandi. Shu sabab yarim himoyachi «Everton»da doimiy o‘yin amaliyotiga umid qilmoqda. Atigi bir necha yil ilgari Alli, Yevropadagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida edi. U hozir 25 yoshda va unda hali o‘zini ko‘rsatish uchun vaqt yetarli.

8. Rodrigo Bentankur – «Tottenxem»

Transfer: doimiy
Qayerdan: «Yuventus»
Summa: 15,8 million funt, qo‘shimcha 5 million bonus

«Tottenxem»ni jahon darajasidagi ikki yarim himoyachi tark etdi. Jovanni Lo Chelso hamda Tanguy Ndombelelar endilikda o‘z baxtini o‘zga yurtlardan izlab ko‘radi. Ularning o‘rni esa kim bilandir qoplanishi kerak edi. Shu maqsadda «shporlar» rahbariyati Rodrigo Bentankurni xarid qildi. «Yuventus»dan tashrif buyurgan futbolchi APL shiddatini tez orada his qilib ko‘radi.

7. Mett Targett – «Nyukasl»

Transfer: ijara (mavsum so‘ngigacha)
Qayerdan: «Aston Villa»
Summa: ochiqlanmagan

Targett o‘tgan mavsumda «Aston Villa» tarkibida 38 ta o‘yinda qatnashgan. Bu mavsumda esa hozirgacha deyarli barcha o‘yinlarda maydonga tushirilgan edi. Ammo u yangi a’zo, Lyuka Dinga o‘z o‘rnini boy berib qo‘ydi. 26 yoshli himoyachi qolgan o‘yinlarni «Nyukasl» safida o‘tkazadigan bo‘ldi.

6. Lyuk Planj – «Kristal Pelas»

Transfer: doimiy
Qayerdan: «Derbi Kaunti»
Summa: 1 million funt

«Kristal Pelas» kelajak uchun yaxshi jamoa shakllantira bormoqda. «Derbi»dan minimal miqdorga sotib olingan Planj, keyingi mavsumdan «burgutlar» hujumiga yordam beradi. Strayker 23 yoshgacha bo‘lgan jamoa safida ajoyib o‘yin ko‘rsatib kelayotgan edi. Shu sababdan London jamoasi uni xarid qildi. Ammo u mavsumni «Derbi» bilan yakunlab qo‘yadi.

5. Den Bern – «Nyukasl»

Transfer: doimiy
Qayerdan: «Brayton»
Summa: 13 million funt

Vazifaviy jihatdan ushbu xarid juda ham to‘g‘ri bo‘ldi. «Nyukasl» himoyasi yordamga muhtoj edi. Shu sababdan Den Bern olib kelindi. Markaziy himoyachi 11 yoshidan beri «Brayton» tarkibida edi. U 2019 yildan beri «chag‘alaylar» bilan 74 ta o‘yinda maydonga tushgan. Endi esa «Nyukasl»ga APLda qolish missiyasida yordam beradi.

4. Deyan Kulusevski – «Tottenxem»

Tranfser: ijara (18 oyga)
Qayerdan: «Yuventus»
Summa: 8,3 million funt

Garchand Deyan «Tottenxem» tarkibida mavsumni yakunlashi aniq bo‘lgan bo‘lsa ham, bu xarid hujumchi uchun juda ham foydali bo‘lishi mumkin. Antonio Kontega rotasiya uchun futbolchi kerak edi va u olib kelindi. Endilikda U 18 oy davomida, 2023 yilning yoziga qadar Londonda to‘p suradi. Shvesiya terma jamoasi a’zosini bir paytlar «Yuventus» 44 million yevro evaziga «Parma»dan sotib olgan edi. 21 yoshli hujumchi APLni yondiradi degan umiddamiz.

3. Donni van de Bek – «Everton»

Transfer: ijara (mavsum so‘ngigacha)
Qayerdan: «MYU»
Summa: 500 ming funt

Ha, «Manchester Yunayted» Donnini sotib olishga sotib oldi-yu, ammo undan foydalana olmayapti. 2020 yilda «Oltin to‘p»ga nomzodi qo‘yilgan futbolchi, endi o‘z baxtini «Everton»dan izlab ko‘radi. «MYU»da o‘tgan so‘nggi 18 oy, niderland uchun o‘ta og‘ir kechdi. Van de Bek o‘ziga bo‘lgan ishonchni yo‘qotib qo‘ygandek edi. U yaqin olti oy ichida «Everton» bilan tiklanishga harakat qiladi.

2. Xulian Alvares – «Manchester Siti»

Transfer: doimiy
Qayerdan: «River Pleyt»
Summa: 14 million funt

Ochig‘ini aytganda, biz «Man Siti»ni transferlar oynasini shundayligicha o‘tkazib yuboradi deb o‘ylagan edik. Ko‘pchilikda shunday taassurot bor edi. Ammo klub vaqtida otni qamchiladi va yosh hujumchini sotib oldi. Alvares yozda, iyul oyida Angliyaga tashrif buyuradi. U yosh bo‘lishiga qaramay, hozirga qadar Libertadorlar kubogi hamda Kopa Amerikani yutishga ulgurgan. Shuningdek, Xulian Janubiy Amerikaning 2021 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

1. Kristian Eriksen – «Brentford»

Transfer: doimiy
Qayerdan: hech qayerdan / erkin agent
Summa: tekin

Eriksenning «Brentford»ga tashrifi o‘ta qaynoq qaytishlardan biri bo‘ldi. U istalgan jamoaning «aqli» bo‘lishga qodir futbolchi sanaladi. Daniyalik Yevro-2020 da bir o‘limdan qolganidan keyin, hech kim uni futbolga qaytadi deb o‘ylamagan edi. U 2020 yilda «Inter»ga o‘tishidan ilgari, APLda, «Tottenxem» bilan eng yaxshi hujumkor yarim himoyachilar qatorida bo‘lgan. Shubhasizki, Eriksen «Brentford» o‘yiniga sifat qo‘shadi va yaxshilay oladi. Bu esa Tomas Frank jamoasining APLda jon saqlab qolishiga yordam berishi mumkin.

 


ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com
Kiritildi: 16:59, 02.02.2022.
O'qildi: 2805 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.