Yangi mavsumga Turkiyada tayyorgarlik ko‘rayotgan Ilhom Mo‘minjonov boshchiligidagi "Neftchi" jamoasi Voronejning "Fakel" jamoasi bilan saot 19:30da nazorat uchrashuvida maydonga tushishi kerak edi. Biroq, ob-havoning noqulay kelganligi sababli, ushbu bahs bekor qilindi.
"Fakel" klubining matbuot xizmati tarqatgan xabarga qaraganda, ushbu nazorat uchrashuvi ertaga bo‘lib o‘tadi.