Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

Komor orollari CAFga murojaat yo‘lladi

Komor orollari CAFga murojaat yo‘lladi

Baho:
+ | -

Komor orollari terma jamoasi Afrika kubogi 1/8 finalida Kamerunga qarshi o‘yinda (1:2) nominal darvozabonsiz o‘ynaganidan o‘z noroziligini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘sha uchrashuvda terma jamoa darvozasini chap qanot himoyachisi Shokir Al-Xadur qo‘riqlagandi. Uchrashuvda terma jamoaning nominal darvozabonlaridan birortasi ishtirok eta olmadi. Sabai, Salim Ben Buana jarohat olgan, Moyad Ousseini va Ali Ahamada ushbu bellashuvda kovid qoidalari tufayli o‘ynay olmadi. Reglamentga ko‘ra, test natijalari musbat ko‘rsatgan futbolchilar 5 kun mobaynida izolyasiyada bo‘lishlari kerak.

Biroq, Tunis terma jamoasi hujumchisi Vahbi Xazriyning koronavirus uchun test natijalari musbat chiqqaniga qaramay, izolyasiyada besh kun qolmasdan rasmiy bellashuvda maydonga tushdi.

Komor orollari futbol federasiyasi Afrika futbol konfederasiyasiga (CAF) tegishli xat yubordi. Komorliklar Kamerundan uchralgan mag‘lubiyatga e’tiroz bildirmaydi, lekin, hech qanday mamlakat yoki terma jamoani kamsitmasdan, izchil qaror qabul qilish zarurligini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Tunis futbol federasiyasi rahbari CAF tibbiy qo‘mitasi rahbari hisoblanadi.

Kiritildi: 05:21, 03.02.2022.
O'qildi: 1413 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.