«Manchester Siti» ustozi Pep Gvardiola Angliya Kubogining 1/8 final doirasida «Fulxem» (4:1) jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yindan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Asabiylashishimizga to‘g‘ri keldi, ishonasizmi? Biz ajoyib jamoaga qarshi bahs olib bordik. Men ularning o‘yinini tomosha qilishdan zavqlandim, ularning futbolchilari to‘p bilan nima qilishni aniq bilishmoqda. «Fulxem» Chempionshipda peshqadamlik qilayotganidan hayron qolmadim, ular kuchli jamoa.
Biz "qattiq" jamoani mag‘lubiyatga uchratdik, barchasini futbolchilarimizning mahorati hal qildi, asosan ikkinchi bo‘limda kuchli o‘ynadik.
Bu haftada APLning bir nechta jamoasi Kubokdan chiqib ketganiga guvoh bo‘ldik. Kecha «MYU» ham turnirni tark etdi. Bu oddiy musobaqa emas.
Gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin golga qanday munosabat ko‘rsatishimizga qiziqdim. Birinchi bo‘limdan keyin ular kuchli o‘ynadi, biz vaxiyatlarni yaratdik, ammo qarshi hujumda ular yaxshi o‘ynadi. Ikkinchi bo‘limda barchasi joyiga tushdi», – dedi Gvardiola.