Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

"Manchester Yunayted" tarixidagi qora sahifa...

"Manchester Yunayted" tarixidagi qora sahifa...

Baho:
+ | -

1958-yil, 6-fevral. Klub Yevropa chempionlar kubogi* doirasida Belgradda o‘yin o‘tkazib uyga qaytayotgandi. Samolyot yoqilg‘i quyib olish uchun Myunxenda to‘xtab o‘tishiga to‘g‘ri keldi. Yonilg‘i bakining sig‘imi Belgraddan Manchesterga to‘xtamay parvoz qilish imkonini bermasdi. Ish bitgach ekipaj ikki bor uchishga urinib ko‘rdi. Biroq, har ikki holatda ham chap dvigateldagi yuqori tebranish natijasida parvoz amalga oshmadi.

Grafikdan ortda qolishni istamagan ekipaj komandiri Myunxenda tunab qolishni istamadi va uchinchi bor parvozga shaylandi. Bu orada kuchli qor yog‘ishi boshlangan va bu uchish yo‘lagi oxirida qor uyumi to‘planib qolishiga sabab bo‘lgandi. Layner bu hududga kirib borar ekan, yerdan ko‘tarilish uchun lozim bo‘lgan tezligi pasaydi. Yakunda vaziyat nazoratdan chiqib, samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagi oxiridagi to‘siqlarni yorib o‘tib, chap qanoti bilan yaqinroqdagi uyga borib urildi.

Bortdagi 44 insondan 21  nafari darhol jon berdi. Qolganlar orasida esa aksariyat xushini yo‘qotdi. Portlash ehtimolidan cho‘chigan komandir samolyotdan uzoqroqqa chekinishga buyruq berdi. Shunga qaramay MYU darvozaboni Harri Gregg xushsiz qolganlarga yordam berdi va bir necha insonni qutqarib qoldi...

Aeroport rahbariyati dastlab ekipaj komandiri Jeyms Teynni falokat sababchisi sifatida aybladi. Keyinchalik barchasi aynan aeroport xodimlarining mas’uliyatsizligi bois yuzaga kelgani oydinlashdi.

Fojiadan avval MYU o‘zining Angliya chempionatidagi qatorasiga uchinchi chempionligi uchun kurashayotgan, YECHK*da yarim finalga chiqqan va allaqachon mamlakat kubogi sohibiga aylanib ulgurgandi. Keyinchalik klub o‘ziga kelishi uchun bir muncha vaqt kerak bo‘ldi. 1968-yil, oradan roppa-rosa o‘n yil o‘tib klub tarixida ilk bor Yevropada tengsiz bo‘ldi. Mett Basbi murabbiyligidagi bu jamoa tarkibida mash’um falokatdan omon chiqqan ikki nafar futbolchi bor edi. Ulardan biri bugungacha "Manchester Yunayted" o‘yinlarini "Old trafford" tribunalarida kuzatib kelmoqda. Bu inson - Ser Bobbi Charlton!

Bu nafaqat bir klub, balki futbol tarixi uchun qora sahifalardan biri hisoblanadi.

"Manchester Yunayted" klubi,  uning ashaddiy va ayni vaqtda samimiy muxlislariga bag‘ishlanadi.

Orif Tolipov.

* Hozirgi Yevropa chempionlar ligasi turniri.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 08:54, 06.02.2022.
O'qildi: 2193 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.