Turkiyadagi yig‘inda jamoamiz birinchi nazorat bahsini 7 fevral, dushanba kuni Ukrainaning "Minay" klubiga qarshi o‘tkazadi.
Ujgorod shahri sharafini himoya qiluvchi ushbu klub 2015 yilda tashkil etilgan va qisqa fursatda Ukraina premyer-ligasi ishtirokchisiga aylangan. Tarkibining asosiy qismi mahalliy futbolchilardan iborat. Ilgari "Sherlar" bu raqib bilan to‘qnash kelishmagan.
Bellashuv 7 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00da Sidedagi stadionda boshlanadi.