Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

"Qo‘qon-1912" Toshkentdagi yig‘inni boshladi. Jamoa muxlislariga xushxabar bor

"Qo‘qon-1912" Toshkentdagi yig‘inni boshladi. Jamoa muxlislariga xushxabar bor

Baho:
+ | -

“Qo‘qon-1912” jamoasi bugundan mavsumga tayyorgarlikning navbatdagi bosqichini boshladi.

Bu safargi yig‘in avvaldan reja qilinganidek Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari bugun Toshkent shahrida to‘planishdi hamda dastlabki mashg‘ulotlarini o‘tkazishdi. “To‘qimachi” stadionida bo‘lib o‘tgan bugungi mashg‘ulotlardan jamoa muxlislarini xursand qiladigan xushxabar bor.

“Qo‘qon-1912” jamoasining bugungi mashg‘ulotlariga Qo‘qonlik futbol muxlislarining sevimli futbolchisi, jamoadagi ajoyib o‘yinlari bilan mashhur bo‘lgan, ikki karra Osiyo chempioni Javohir Sidiqov qo‘shildi.

Jamoa murabbiylari Toshkentdagi yig‘inda asosan taktik mashg‘ulotlarga, jamoaviy o‘yinni tashkil qilishga ko‘proq urg‘u beradilar. Mazkur o‘quv-yig‘ini davomida uchta nazorat o‘yinini tashkil qilish reja qilingan.

Nazorat o‘yinlarining vaqti hamda sparring-raqiblar haqida keyingi xabarlarimizda ma’lumot beramiz.

Kiritildi: 18:32, 08.02.2022.
O'qildi: 1797 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик