"Chelsi" yarimhimoyachisi Hakim Ziyesh Marokash terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini malum qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq futbolchi bosh murabbiy Vohid Xolixodjich bilan shaxsiy mojarosi tufayli ketma-ket bir necha bor yig‘inlarga chaqirilmagan edi.
“Bu mening yakuniy qarorim. Men uchun hammasi ayon bo‘ldi va endi bor etiborimni o‘z klubim uchun o‘ynashga qaratganman”, - deydi Ziyesh.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Marokash terma jamoasi bosh murabbiyi futbolchini mashg‘ulotlarga yomon munosabatda bo‘lgani uchun tanqid qilgandi.