Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

“CHelsi”da Lukakuning omadi kelmayapti: Belgiyalik hujumchi yozda qayerga borishi mumkin?!

“CHelsi”da Lukakuning omadi kelmayapti: Belgiyalik hujumchi yozda qayerga borishi mumkin?!

Baho:
+ | -

2020/21 yilgi mavsum Romelu Lukakuning uchun faoliyatidagi eng yaxshisi bo‘ldi. Belgiyalik futbolchi “Inter” safida 24 ta gol va 11 ta golli uzatmani muallifiga aylandi. Shu bilan birga u jamoaning eng foydali futbolchisi bo‘ldi va milanliklarning haqiqiy yetakchiga aylandi. Chempionlar ligasida g‘alaba qozonganidan so‘ng, “Chelsi” Lukakuni ortda qaytarishga qaror qildi va “neradzurrilar”ga Romelu uchun 113 million yevro to‘ladi. Shu tariqa, Romelu Premyer-liga tarixidagi ikkinchi eng qimmat transferga aylandi. Barcha taxminlarga qaramay, olti oy davomida belgiyalik yangi jamoaga moslasha olmadi. Shu sabab, “Stadion.uz” nashri Lukaku nima uchun “Chelsi”da omadsizlikka uchraganligi, yozgi transfer oynasida u klubini o‘zgartirishi kerakmi, agar shunday bo‘lsa, qaysi jamoaga o‘tishi mumkinligi haqida biroz fikr yuritadi.

Lukaku qimmat transfer bo‘lgan futbolchi hisoblanadi. Faoliyatining boshidan buyon belgiyalik turli jamoalarda o‘ynadi va futbolchini sotib olgan klub har doim yaxshigina pul to‘lashga majbr bo‘lgan. 2011 yilda endigina 18 yoshga to‘lgan bo‘lsa-da, “Chelsi” Lukaku uchun “Anderlext”ga 15 million yevro to‘lagan. “Aristokratlar” Romeluni kelajakni o‘ylab xarid qilgandi, shuning uchun boshida futbolchi ijara asosida boshqa jamoalarda o‘ynashga majbur bo‘ldi. U “Vest Bromvich” va “Everton” kabi klublarda to‘p tepdi. “Irislar”ga yosh hujumchining o‘yini ma’qul keldi va 2014 yilda belgiyalikni 35 millionga sotib olishdi. Liverpul klubida o‘ynayotgan paytda, hujumchining bozor narxi keskin ravishda o‘sdi. Uch yildan so‘ng, “Everton” belgiyalik futbolchini "Manchester Yunayted"ga 84,7 million yevroga sotib yubordi. Lukaku “qizil iblislar” safidagi birinchi mavsumda   barcha musobaqalar doirasida 52 o‘yinda 28 ta gol urgan bo‘lsa, ikkinchisi yili biroz omadi kelmadi - 45 o‘yinda 15 ta gol. 2019 yilning yozida belgiyalik futbolchi A seriyaga 74 million yevro evaziga o‘tdi va u yerda haqiqatan ham “Inter” yetakchisiga aylandi.

Joriy mavsumda Lukaku “Chelsi” safida barcha turnirlar doirasidagi 25 uchrashuvda 8 ta gol urdi, ammo “aristokratlar” bundan ko‘proq narsani kutishganini yashirishmayapti. Ma’lum bo‘lishicha, Lukakuning o‘zi ham o‘z jamoadagi holatidan norozi. Intervyulardan birida belgiyalik hattoki bosh murabbiy Tomas Tuxelga ham “hujum” qildi. Futbolchi nemis mutaxassisining sxemasi unga to‘g‘ri kelmasligiga sha’ma qildi. Keyinchalik futbolchi bu harakatlari uchun murabbiy va jamoa a’zolaridan uzr so‘rashiga majbur bo‘ldi. Tuxel esa bunga javoban “Chelsi” o‘yinini Lukaku atrofiga qurmoqchi emasligini aytdi. Tomas  Konte “Inter”da yaratgan tizim faqat belgiyalik hujumchi uchun mukammal bo‘lgani sabab, klub uslubini o‘zgartirmasligini ma’lum qildi.

O‘tgan mavsumda “Inter” o‘z o‘yinini Lautaro Martines va Lukaku atrofida qurgandi, “Chelsi”da esa jamoaviylikka katta e’tibor qaratiladi. Shunday qilib, Lukakuning holati va “Chelsi” o‘yin uslubi “mos kelmasligi” ma’lum bo‘ldi. Belgiyalik futbolchi jamoadagi roli haqida gapirar ekan, klubda o‘ynashga tayyor ekanligini va o‘zining kuchli tomonlarini ko‘rsatishini ta’kidladi. Belgiyalikning asosiy o‘yin uslubi — himoyachilardan tezligi evaziga qochish. “Inter” hattoki o‘z o‘yin tizimini futbolchiga moslashtirdi. Ya’ni, to‘pni oldinga, bo‘sh turgan hujumchiga uzatish orqali o‘ynash uslubini joriy qildi. Hozirgi London klubida Lukakuga “naves” uzatmalari ancha kam oshiriladi. Shu sabab, uning gollari sonida sezilarli darajada pasayish bo‘ldi. Ammo, bu Romelu Londonda muvaffaqiyatsizlikka uchradi, degani emas. Shunchaki, “Chelsi”ning uslubi uning kuchli tomonlarini ochib bermayapti, shu sabab ham futbolchining o‘yini yomonroq va jamoada shu kabi kichik mojarolar bo‘lib o‘tmoqda.

“Chelsi” Lukakusiz Chempionlar ligasida g‘alaba qozondi va shuning uchun “ko‘klar” bir futbolchi uchun jamoa o‘yinini qayta qurish niyatida emasligini bildirishdi. “Chelsi” rahbariyati ham bosh murabbiy qarorini ma’qulladi, bu esa belgiyalik uchun yomon belgi edi. O‘z vaqtida “ko‘klar”ning boshqa sobiq yoki hozirgi hujumchilari Diyego Kosta, Alvaro Morata va Timo Vernerlar ham murabbiylar bilan kelisha olishmagan, biroq har safar klub boshliqlari Konte, Sarri va Lempardni tarafini olishgan. Shunday qilib, Lukaku va Tuxel o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanmadi. Mish-mishlarga ko‘ra, Tuxel o‘z ixtiyorida bo‘lgan hujumkor o‘yinchilardan norozi.

Lukaku yozgi transfer oynasida “Chelsi”ni tark etishi mumkin. Bundan ikkala tomon ham manfaatdor bo‘lishi aytilmoqda. Romelu boshqa variantlar bo‘lsa  ham, “Inter”ga qaytishga qarshi emas. Masalan, hozirda Antonio Konte bosh murabbiylik qilayotgan “Tottenxem”. Italiyalik o‘z vaqtida Lukakuning o‘yinini ochib bera olgan. Agar Mbappe “Real”ga o‘tsa, PSJ ham uning uchun kurashga qo‘shiladi. “Chelsi” futbolchini PSJga o‘tishiga qarshi bo‘lmasa kerak. Chunki, belgiyalik futbolchining narxi 100 million yevroligicha saqlanib turibdi va “ko‘klar” uni sotib olgan pulini qaytarib olishi mumkin.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: stadion.uz

Ўзи Лукакуга АПЛга қайтиб бало бормиди?! Юравермайсанми А сериянгда :-)

Kiritildi: 20:25, 10.02.2022.
O'qildi: 3717 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.