"Arsenal" ustozi Mikel Arteta jamoa futbolchisi Bukayo Saka bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar o‘tkazilayotganini tasdiqladi. U bu haqida shunday deydi:
"Bu muzokara nafaqat futbolchi bilan, balki uning agenti, oilasi hamda yaqinlari bilan ham bo‘lib o‘tadi. Bunda hamma qatnashishi kerak. Chunki Saka klub uchun juda zarur futbolchi. U jamoamiz bo‘lagi. Chunki uning DNK'sida "Arsenal" unsuri bor".
Ayni damda "Arsenal" turnir jadvalining oltinchi o‘rinida bormoqda.