«Real» yarim himoyachisi Garet Beyl «Tottenxem» bilan dastlabki shartnoma imzoladi. Bu haqda Britaniya matbuoti xabar tarqatdi. Uelslik futbolchi iyul oyida "shporlar" safiga qo‘shiladi.
Garet mavsum-2020/2021ni ijara asosida londonliklar safida o‘tkazgandi. Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum so‘ngida Beylning "Qirollik klubi" bilan amaldagi shartnomasi yakuniga yetadi va madridliklar unga yangi shartnoma taklif qilishmaydi.