Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Mirjalol Qosimov: «Raqib tanlamayman, 1-turda kim tushishini farqi yo‘q»

Mirjalol Qosimov: «Raqib tanlamayman, 1-turda kim tushishini farqi yo‘q»

Baho:
+ | -

AGMK jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov klub matbuot xizmatining bugun Superliganing yangi mavsumiga tashlanadigan qur’asi, chempionlik uchun kurash kimlar ishtirok etishi va o‘tayotgan yig‘in to‘g‘risidagi mavzulari bo‘yicha savollariga javob qaytardi.

«Hech qachon raqib tanlamaganman. Baribir mavsum davomida barcha o‘zaro o‘ynaydi. Shu boisdan ham 1-turda kim bilan tushishni farqi yo‘q. Muhimi, chempionatni yaxshi boshlab olish kerak.

Haqiqatdan ham bu yil ko‘plab jamoalar kuchayishmoqda. Ayniqsa 3-4 ta jamoa ancha kuchaydi. Transferlardan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, «Nasaf», «Paxtakor», «Navbahor», «Neftchi», «Qizilqum» va «So‘g‘diyona» jiddiy kuchaydi. Bu yili 6-7 jamoa yuqori o‘rinlar, shuningdek chempionlik uchun jiddiy kurashadi. Bundan tashqari yangi mavsumga tayyorgarlik doirasidagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga 10dan ziyod jamoalarimiz jiddiy e’tibor qaratib, Antaliyada taraddud ko‘rishmoqda. Bu ham o‘z-o‘zidan jamoalar yangi mavsumga jiddiy taraddud ko‘rayotganidan dalolat.

Yig‘in ko‘ngildagidek o‘tmoqda. Futbolchilarning jismoniy holati me’yoriga kelmoqda. Lekin hali o‘yinimizni yanada kuchaytirishimiz kerak. Qolaversa pozisiyalarni kuchaytirishimiz zarur. Chunki o‘tgan mavsumga qaraganda asosiy tarkib futbolchilaridan 6-7 nafari jamoadan ketdi. Ularni o‘rnini to‘ldirish va o‘zaro o‘yin tushunchasini xosil qilish uchun vaqt talab etiladi. Shu jihat biroz muammo keltirib chiqaradi. Yangi futbolchilar meni falsafamni tushunishi va anglab, o‘yinni to‘liq shakllantirib olishimiz uchun ma’lum vaqt ketadi. Umid qilamanki, yangi futbolchilar jamoaga tezroq kirishib ketishadi» - deya o‘z fikrlarini bildirdi Mirjalol Qosimov.

Manba: https://t.me/pfcagmk
Kiritildi: 14:42, 11.02.2022.
O'qildi: 1884 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.