Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

De Xea eng ko‘p seyv amalga oshirgani haqida: «Himoya chizig‘i bizning ojiz nuqtamiz...»

De Xea eng ko‘p seyv amalga oshirgani haqida: «Himoya chizig‘i bizning ojiz nuqtamiz...»

Baho:
+ | -

Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi darvozaboni David de Xea jamoaning APLdagi o‘yini hamda bosh murabbiy haqida fikr bildirdi.

"Seyvlar bo‘yicha Premyer-ligada peshqadam bo‘lishim? Bu yaxshimi yoki yo‘q, bilmayman. Lekin bizga qarshi o‘yinlarda raqiblar osonlik bilan ko‘plab vaziyatlar yaratishadi. Men, albatta, gol o‘tkazib yubormaslik hamda jamoaga imkon qadar yordam berish maqsadida yaxshiroq o‘ynashga harakat qilaman. Lekin baribir himoya chizig‘i bizning ojiz nuqtamiz.

Rangnik? U bizdan intensiv harakat qilishimizni, doimo pressingda o‘ynab, faol bo‘lishimizni xohlaydi. Imkon qadar to‘pni oldingi chiziqlarda ushlab turishimiz lozim, chunki himoyalanishda juda qiynalamiz", – deydi De Xea.

Ma’lumot uchun, De Xea joriy mavsumda "MYU" safida 23 ta o‘yinda ishtirok etib, ularda jami 86 ta seyv amalga oshirgan. Bu APL bo‘yicha birinchi raqamli ko‘rsatkich hisoblanadi.

Manba: uzreport.news
Kiritildi: 18:05, 11.02.2022.
O'qildi: 1328 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.