Bu ro‘yxatda siz Angliya Premyer-ligasida eng ko‘p gol urgan fransuz futbolchilari bilan tanishasiz.
10. Samir Nasri - 36 gol
Nasri 215 o‘yinda 36 ta gol urganiga qaramay, bu reytingda yuqoriroq o‘rinni egallashini kutishi mumkin edi. Chunki Nasri Angliyadagi 9 yillik faoliyati davomida bundan ham yaxshiroq natijaga erishsa bo‘lardi.
9. Stid Malbrank – 39 gol
Malbrank o‘z faoliyatining o‘n bir yilini Angliyada o‘tkazdi va u yerda "Fulxem", "Tottenxem" va "Sanderlend"da o‘ynadi. Fransiyalik futbolchi "Kreyven Kottej"da besh mavsum davomida 32 ta gol urib, Premyer-ligada o‘zini namoyon qildi. Keyin u "shporlar" safigaga o‘tdi va u yerda oltita gol urdi va "Sanderlend"da Premyer-ligadagi faoliyati davomida atigi bir gol urdi.
8. Aleksandr Lyakazett - 53*
"Arsenal"ning hozirgi sardori "kanonirlar" safida bir qancha yaxshi mavsumlarni o‘tkazdi va u klubning yagona katta hujumchisi bo‘lgani uchun, mavsum yakunida uning natijalari yaxshilanishi mumkin.
7. Antoni Marsyal - 56*
2015 yilda “Monako”dan rekord darajadagi 58 million funt sterlingga kelganidan so‘ng, qanot hujumchisiga bo‘lgan umidlar ancha yuqori edi, Marsyal va Tyerri Anri o‘rtasida o‘xshashliklar bor edi. Biroq fransuzning o‘yinlari biroz yomonlashdi va hozirda u "Sevilya"ga ijaraga berib yuborildi.
6. Robert Pires - 62 gol
Bu Arsen Vengerning ajoyib jamoasida o‘ynagan yana bir fransuz. Pires Premyer-liganing 198 o‘yinida 62 ta gol urdi va 2010/11 mavsumda “Aston Villa” tarkibida 9 ta o‘yinda maydonga tushgan bo‘lsada, "kanonirlar" safida kiritgan gollari sonini oshira olmadi.
5. Erik Kantona – 70 gol
Maydonda va maydon tashqarisida tez-tez muammolarga duch kelsa-da, Erik Kantona Premyer-liganing turli nominasiyalarida ko‘p marotaba ko‘zga tashlangan. Kantona o‘zining Premyer-ligadagi faoliyati davomida "Manchester Yunayted" va "Lids"
safida 156 ta o‘yinda 70 ta gol urgan.
4. Lui Saa – 85 gol
Lui Saa Premyer-liganing oltita klubi safida 289 marta maydonga tushdi va 15 yillik faoliyati davomida 85 ta gol urdi. Saa "Fulxem", "Manchester Yunayted" va "Everton" safida muxlislarni xursand qilgan. "Fulxem" uchun 26 ta, "Manchester Yunayted"da 28 ta va "Everton"da 27 ta gol urgan. U “shporlar”, “Nyukasl” va “Sanderlend” klublarida ham o‘ynagan, biroq bu uch klubda jami 32 ta o‘yinda maydonga tushgan bo‘lsa ham samarali harajatlari bilan ajralib turmagan.
3. Olivye Jiru – 90 gol
Jiru "Arsenal"dagi faoliyati davomida 73 ta gol urgan. Hozir “Milan”da hujumchi Zlatan Ibragimovich bilan bir jamoada o‘ynayapti, biroq Italiyaga o‘tishdan oldin u "Chelsi" safida ham o‘ynab, 17 ta gol urgan.
2. Nikolya Anelka – 125 gol
Nikolya Anelka APLda 364 ta o‘yinda maydonga tushib, 125 ta gol urgan.
Anelka o‘z faoliyati davomida Yevropa bo‘ylab keng sayohati tufayli Angliyaning yuqori ligasida ko‘p mavsumlarni o‘tkazdi. Hujumchi 2002/03 yilgi mavsumda Premyer-liganing har bir o‘yinida maydonga tushgan. Fransiyalik futbolchi "Chelsi", "Bolton", “Arsenal” va "Vest Bromvich"da faoliyatining katta qismini o‘tkazgan.
1. Tyeeri Anri – 175 gol
Premyer-liga tarixidagi eng yaxshi to‘purarlardan biri Terri Anri o‘zini Angliyada maydonlarni ko‘rsata olgan eng yaxshi fransuz futbolchisi bo‘lgan. U 258 o‘yinda 175 ta gol kiritib, Premyer-liga tarixidagi eng yaxshi fransuz hujumchisi hisoblanadi.