Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

“Sevinch” ayollar futbol klubi “Nasaf” bilan birlashtirildi

“Sevinch” ayollar futbol klubi “Nasaf” bilan birlashtirildi

Baho:
+ | -

2021 yilning 1 dekabr kuni “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ ijro organining 018/75-sonli yig‘ilish bayoniga muvofiq “Sevinch” ayollar futbol klubi belgilangan tartibda qo‘shish bo‘yicha tugatilib, futbol klubining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, boshqaruvini takomillashtirish, klub faoliyatini rivojlantirish, uning nufuzini yanada oshirish maqsadida “Nasaf” futbol klubi tarkibiga qo‘shilgan.

Mazkur jarayonda “Sevinch” va “Nasaf” klublaridagi bir-birini takrorlovchi ortiqcha shtat birliklarini maqbullashtirilishi natijasida “Sevinch” jamoasining boshqaruv tarkibini qayta ko‘rib chiqish maqsad qilingan. Ya’ni, “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ klublardagi ortiqcha harajatlarni kamaytirishga qaror qilgan. Endilikda “Nasaf”ning malakali mutaxassislari “Sevinch” futbol jamoasi faoliyatini tashkil etishda bevosita ishtirok etadi.  

“Sevinch” futbol klubi “Nasaf” futbol klubiga qo‘shilganidan kelib chiqib, 2022 yilning 21 yanvar kuni qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Mazkur ayollar jamoasi jahonda o‘z nomi va o‘rniga ega ekanligidan kelib chiqib, “Sevinch” nomi saqlab qolingan. Shundan kelib chiqib, “Nasaf” ayollar jamoasi “Sevinch” nomi bilan O‘zPFL musobaqalarida ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, OFK lisenziyalash reglamentiga ko‘ra, har bir erkaklar klubi qoshida ayollar jamoasining bo‘lishi tavsiya etiladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 20:54, 11.02.2022.
O'qildi: 2314 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик