Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

El Matadorni xafa qilishdi. Kavanining keyingi manzili qayer?

El Matadorni xafa qilishdi. Kavanining keyingi manzili qayer?

Baho:
+ | -

Bir necha kun oldin Edinson Kavani "Manchester Yunayted" bilan shartnomasini uzaytirmasligi ma’lum bo‘ldi. 34 yoshli hujumchining mankunianliklar bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi. Urugvaylik futbolchining yoshi o‘tib bormoqda, lekin uning o‘zi bunday deb o‘ylamayapti. Shu sabab tajribali hujumchining "Old Trafford"dan keyingi manzili qayer bo‘lishini taxmin qilib ko‘ramiz.

Argentina

So‘nggi paytlarda Kavani nomi Argentina chempionati vakillari bilan tez-tez tilga olinmoqda. Olovsiz tutun chiqmaydi. O‘tgan mavsum yakunida futbolchining otasi o‘g‘li oilasiga yaqinroq bo‘lish uchun faoliyatini shu yurtda davom ettirmoqchi ekanligini ma’lum qilgandi. O‘shanda futbolchiga "Boka Xuniors" qiziqish bildirgan va buni “MYU” rahbariyati ham tasdiqlagandi. Biroq hujumchi “Manchester Yunayted” bilan shartnomani yana 1 mavsumga uzaytirishga qaror qildi. Ammo, Edison Krishtianu Ronalduning “Old Trafford”ga qaytganidan so‘ng bundan juda ham afsuslandi.

Argentina chempionati Kavani uchun juda ideal variant. Qolaversa, unga mamlakatning yetakchi klublari “River Pleyt” va “Boka Xuniors” qiziqish bildirmoqda. Ammo, ikkinchi klubning futbolchini qo‘lga kiritish imkoniyati yuqoriroq, chunki Matadorning o‘zi ham “Boka Xuniors”da o‘ynashni istamoqda. Urugvayliklar uchun “River Pleyt”da o‘ynash unchalik qiziq emas. Mish-mishlarga ko‘ra, klub hujumchini shu yozda "Manchester Siti"ga o‘tadigan Xulian Alvaresning o‘rinbosarsifatida xarid qilmoqchi. Ammo tomonlar o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilmagan.

 

MLS

Amerika chempionati Yevropada o‘ynagan futbolchilarni o‘ziga jalb qilishda davom etmoqda. MLS kundan-kunga rivojlanmoqda, qiziqarli va raqobatbardosh musobaqaga aylanib bormoqda. Agar, Kavani xohlasa, "Inter Mayami" va "Los-Anjeles Gelaksi" kabi klubilarning eshigi doimo ochiq. Bu klublar uzoq vaqtdan beri yulduz futbolchilarni o‘z tarkibiga qo‘shib kelmoqda. MLSda mashhur futbolchilarni o‘ziga tortadigan boshqa qiziqarli jamoalar ham bor. Masalan, Nani "Orlando Siti"da o‘ynagan, Lorenso Insinye "Toronto"ga o‘tdi, Jerdan Shaqiri esa "Chikago Fayr" bilan shartnoma imzoladi. Mamlakatning amaldagi chempion “Nyu-York Siti” haqida ham unutmang. Bu klubda o‘z vaqtida Frank Lempard, Andrea Pirlo va David Vilya kabi futbolchilar o‘ynagan.

Kavanini MLSda  kutishmoqda. Qolaversa, uning vatandoshi Luis Suares ham ushbu chempionatga o‘tishi kutilmoqda (balki bir jamoada o‘ynashi ham mumkin). Mish-mishlarga ko‘ra, Suares mavsum oxirida "Atletiko"ni tark etib, Amerika chempionatigao‘tishi mumkin. Kavani o‘ziga xos futbolchi, shuning uchun u tezda AQSH klublariga moslashib ketish ehtimoli yuqori.

 

La Liga

Kavani nomini bir necha yillardan beri La Liga bilan bog‘lab kelishmoqda. "PSJ"dan ketganidan so‘ng, hujumchi "Atletiko Madrid"ga o‘tishga yaqin edi, ammo transfer noma’lum sabablarga ko‘ar amalga oshmadi. Matadorni endi  Madridda klubiga o‘tish ehtimoli yo‘q. Chunki,hozirda “Atletiko”da yetarlicha hujumchilar bor. Ammo, so‘nggi bir necha oydan beri Kavanini “Barsa”ga o‘tishi haqida mish-mishlar yuribdi. Urugvaylik futbolchi Kataloniya klubiga o‘tishga tayyor edi, ammo Rangnik undan mankunianliklar safida qolishni iltimos qildi. Natijada futbolchi ingliz klubi bilan shartnomasi oxirigacha o‘ynashga qaror qildi.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, ispan klublaridan Edinsonga hamon takliflar bor.  Biroq mahalliy OAV aniq klublar nomini tilga olmagan. "Barselona" Pyer-Emerik Obameyang bilan shartnoma imzolagani uchun bu ro‘yxatdan chiqib ketdi.

 

A seriya

Odatda Italiya chempionatida keksa futbolchilar uchun ideal musobaqa hisoblanadi. Zlatan Ibragimovich va Krishtianu Ronaldu buning yorqin misolidir. Hozirda Olivye Jiru ham o‘zining ikkinchi yoshligini o‘tkazmoqda. Kavani Italiya chempionatida yo‘qolib qolmasa kerak. Chunki, bu musobaqa futbolchi uchun begona emas. Ehtimol futbolchi sobiq klubi "Napoli"ga qaytishi ham mumkin. Urugvaylik futbolchi bir vaqtlar Neapol klubi safida 138 ta o‘yin o‘tkazib, 104 ta gol urgan. Yozda “adzurrilar” birdaniga ikkita hujumchisidan ayrilishi mumkin - Dris Mertens va Viktor Osimxen. Birinchisining shartnomasi yakuniga yetsa, ikkinchisiga esa boshqa ligalardan jiddiy taklif bor. Kavani Italiyaga qaytsa, klub uchun ham, o‘zi uchun ham yaxshi bo‘lardi. Qolgani esa futbolchining o‘ziga bog‘liq.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Kiritildi: 20:44, 12.02.2022.
O'qildi: 2543 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик