Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors 2-1 Kashiva Reysol
16/09 15:00 Seul 0-1 Persib
16/09 17:15 Port 1-2 Vissel Kobe
16/09 17:15 Kong-Vittel 1-1 Melburn Viktori
16/09 21:00 Xolidiya 0-0 Nasaf
16/09 21:00 Al-Vahda 3-2 Kuvayt SK
16/09 21:00 An-Nahda 1-1 At-Ta'vun
16/09 21:00 Al-Hussayn 2-2 Ist Bengal
16/09 22:00 Atletiko 4-0 Osasuna
16/09 22:00 Deportivo 0-1 Sevilya
16/09 23:15 Ar-Rayyan 4-3 Al-Faysaliy
16/09 23:15 Ash-Shorta 1-0 As-Siyb
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing
17/09 18:00 Navbahor 3-2 Dinamo

"Qo‘qon-1912" Toshkentdagi mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda

"Qo‘qon-1912" Toshkentdagi mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

"Qo‘qon-1912" jamoasining Toshkent shahridagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari qizg‘in tarzda davom etmoqda.

Futbolchilar bugun kunning birinchi yarmida normativ testlarni topshirishdi. Kunning ikkinchi yarmida esa Toshkent viloyatida joylashgan "Do‘stlik" stadionida mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulotlarda 25 nafar futbolchilar ishtirok etishdi.

Quvonarlisi jamoaning universal futbolchisi Oybek Rustamov jarohatidan qutulib asosiy tarkib mashg‘ulotlariga qo‘shilgan. Xujumchi Shaxzodbek Nurmatov esa alohida mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda. Shuningdek jamoaning yosh yulduzi Murodjon Komilov terma jamoa yig‘inidan qaytib jamoa ixtiyoriga qo‘shildi. Barcha futbolchilarning kayfiyatlari a’lo darajada bo‘lib, ular tezroq chempionat o‘yinlari boshlanishini kutishyapti.

Ertaga "shunqorlar" nazorat o‘yinida maydonga tushishadi. Muborakning "Mash’al" jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan bu uchrashuv "Do‘stlik" stadionida, soat 14:00da boshlanadi.

Manba: "Қўқон-1912" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 21:07, 15.02.2022.
O'qildi: 1061 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик