Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Abdusattorov shaxmat yulduzlariga qarshi dona suradi, ular orasida amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen ham bor

Abdusattorov shaxmat yulduzlariga qarshi dona suradi, ular orasida amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen ham bor

Baho:
+1 | -

Shu yil 19 fevraldan Chess24.com sayti orqali o‘tkaziladigan eng yirik “Meltwater Champions Chess Tour” onlayn turnirlar seriyasi doirasidagi ilk musobaqa – “Airthings Masters” boshlanadi.

Mukofot jamg‘armasi 150 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi mazkur turnir o‘z atrofiga dunyoning eng kuchli shaxmat ustalarini jamlagani bilan ahamiyatli. Ular orasida hamyurtimiz, rapid yo‘nalishi bo‘yicha eng yosh jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov ham bor.

Musobaqa rapid yo‘nalishida o‘tkazilib, dastlab ishtirokchilar 15 turdan iborat saralash bosqichida o‘zaro kuch sinashadi. Shaxmatchilar to‘plagan har bir ochkosi uchun 250 dollardan mukofot olishadi. Saralash bosqichi yakuniga ko‘ra eng yaxshi natija qayd etgan 8 nafar shaxmatchi esa pley-off bosqichida g‘oliblik uchun kurash olib boradi. Bu bosqichda har bir o‘yin muhim ahamiyatga ega va yutqazgan shaxmatchi uchun musobaqa tugaydi.

Qur’a natijasiga ko‘ra saralash bahslarida Nodirbek Abdusattorov kimlarga qarshi dona surishi ham ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, 1-turda hamyurtimiz niderlandiyalik mashhur shaxmat ustasi Anish Giri bilan kuch sinashsa, ikkinchi raundda jahon tojdori, ushbu musobaqaning amaldagi g‘olibi Magnus Karlsenga qarshi dona suradi.

Mazkur o‘yinga qiziqish nihoyatda yuqori bo‘lishi tabiiy, zero Karlsen yaqinda Polshada o‘tkazilgan jahon chempionatidagi mag‘lubiyat uchun revansh olishga harakat qilsa, Nodirbek o‘sha g‘alaba tasodif emasligini isbotlashga urinadi.

Shuningdek, saralash bosqichida Abdusattorovga qarshi dunyo tan olgan shaxmat ustalari – Yan Nepomnyashiy (Rossiya), ayollar o‘rtasida 12-jahon chempioni Aleksandra Kostenyuk (Rossiya), dunyo reytingi peshqadamlaridan Din Lijen (Xitoy), qolaversa Yan Kshishtof Duda (Polsha), Levon Aronyan (Armaniston), Shaxriyor Mamadiyorov (Ozarbayjon) va boshqalar dona surishadi.

Biz Nodirbekka ushbu musobaqada omad va zafarlar yor bo‘lishini tilaymiz.

Manba: Minsport.uz
Kiritildi: 22:57, 15.02.2022.
O'qildi: 1963 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.