Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta

«Xatko» mutaxassislari Olmaliqda bo‘lishdi

«Xatko» mutaxassislari Olmaliqda bo‘lishdi

Baho:
+ | -

Turkiyaning jahonga mashhur «Xatko» firmasi mutaxassislari Olmaliq shahrida bo‘lishib, AGMK futbol klubi rejalaytirayotgan loyihalar bilan tanishdi.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AGMK futbol klubiga qarorgoh (baza) hamda bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasi barpo etish uchun loyihalashtirish ishlarini boshlab yuborgan. Ushbu gigant loyiha bilan tanishish uchun Olmaliq shahriga O‘zbekiston futbol assosiasiyasida vise-prezident lavozimida ish boshlagan Odil Ahmedov taklif etilgan edi. Hozirgi kunda klub qarorgohi va futbol akademiyasi bino-inshoatlarini loyihalashtirish ishlari yakuniy bosqichda olib borilmoqda.

Klub qarorgohi va futbol akademiyasi barpo etiladigan «Metallurg» stadioni xududidagi futbol maydonida bugungi kunda AGMKning U-21 hamda ayollar jamoalari uy uchrashuvlarini o‘tkazadi. Baza va akademiyadagi bunyodkorlik ishlari boshlanib ketgach esa, U-21 va ayollar jamoalari uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan, O‘FA va O‘zPFLning minimal talablariga javob beradigan vaqtinchalik maydonga ehtiyoj sezila boshlaydi.

Shu munosabat bilan AGMK futbol klubining asosiy jamoasi uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan OKMK sport majmuasi stadioni xududida yangi, zamonaviy aqlli (smart) futbol maydoni barpo etish rejalashtirilgan.

Shu maqsadda, Olmaliq shahriga Turkiyaning «Xatko» kompaniyasi mutaxassislari taklif etildi. Shuni aytish kerakki, Gushan Xatko boshchiligidagi delegasiya O‘zbekiston futbol assosiasiyasi taklifiga ko‘ra yurtimizda mehmon bo‘lib turishibdi.

Turkiyalik mutaxassislar OKMK sport majmuasi xududida barpo etish rejalashtirilayotgan zamonaviy, aqlli (smart) maydon, shuningdek, klub qarorgohi va akademiya qurilishi ko‘zda tutilgan xududda rejalashtirilayotgan uchta standart va ikkita kichikrok o‘lchamdagi maydon bo‘yicha loyiha ishlari bilan tanishishdi. Qolaversa, OKMK sport majmuasining asosiy stadioni maysalarini ham ko‘zdan kechirishib, o‘z takliflarini berishdi.

Qayd etish kerakki, OKMK sport majmuasi maydonida bundan 9 yil ilgari barpo etilgan bo‘lib, hozirgacha O‘zbekistondagi yagona gibrid (tabiiy va su’niy qoplamali maydon aralashmasi) maydon hisoblanadi. «Xatko» kompaniyasi aynan gibrid maydonlar barpo etish bo‘yicha jahondagi eng nufuzli brend hisoblanadi.

Turk mutaxassislari yangi maydonlar barpo etish va OKMK sport majmuasi asosiy maydonini qayta rekonstruksiya qilish bo‘yicha o‘z takliflarini berishdi.

Shuni qayd etish kerakki, AGMK futbol klubi shu kunlarda maydon chimi bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar, firmalar va ushbu soha mutaxassislari bilan o‘zaro fikr almashmoqda. Yakunda ochiq tender o‘tkazilinib, AGMK futbol klubi uchun sifat, narh va vaqt jihatdan eng maqbul taklif bilan chiqqan taraf bilan o‘rnatilgan tartibda kelishuvga erishilinadi.

Manba: https://t.me/pfcagmk
Kiritildi: 16:20, 16.02.2022.
O'qildi: 1138 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.