APL klublari Chempionship futbolchisi uchun da’vogarlik qilmoqda. Xabarlarga ko‘ra, "Lester" hamda "Sautgempton" klublari "Bristol Siti" yarim himoyachisi Xan-Noa Massengo uchun kurashga kirgan.
20 yoshli fransuz futbolchisi bu mavsumda yorqin porladi. Bu esa APLdan qiziqishlarga sabab bo‘ldi. Massengo 2019 yilda "Monako"dan 7,2 million funtga sotib olingan edi. Uning amaldagi bitimi 2023 yilga qadar tuzilgan.