Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/02 01:00 Inter 1-2 Bude-Glimt
25/02 01:00 Bayer 0-0 Olimpiakos
25/02 01:00 Nyukasl 3-2 Qorabog‘
25/02 22:45 Atalanta 4-1 Borussiya D
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy

Bellinghemdan Fatigacha. Dunyoning eng istiqbolli yosh futbolchilari reytingi e’lon qilindi

Bellinghemdan Fatigacha. Dunyoning eng istiqbolli yosh futbolchilari reytingi e’lon qilindi

Baho:
+ | -

FourFourTwo 19 yoshdan katta bo‘lmagan iqtidorli futbolchilar reytingini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, «Borussiya D» yarim himoyachisi Jud Bellinghem 19 yoshgacha bo‘lgan eng istiqbolli futbolchiga aylandi. 50 talik ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni «Barselona» futbolchisi Pedri egalladi, uchinchi o‘rinda esa uning jamoadoshi Ansu Fati qayd etildi.

Top-10 likdan Harvi Elliot («Liverpul»), Jamal Musiala («Bavariya»), Gavi («Barselona»), Fabio Karvalyo («Fulhem»), Endrik («Palmeyras»), Florian Virs («Bayer») va Rayan Gravenberx («Ayaks») o‘rin oldi.

Valentino Livramento («Sauthempton»), Yussufa Mukoko («Borussiya D»), Eduardo Kamavinga («Real»), Jovanni Reyna («Borussiya D») va Amad Diallo («Manchester Yunayted») keyingi o‘rinlarni band etgan.

«Barselona»ning sobiq futbolchisi, hozirda transfer huquqi «Leypsig»ga tegishli bo‘lgan Ilaysh Moriba 21-o‘rindan, «PSJ» futbolchisi Nunu Mendesh 24-o‘rindan, «Manchester Yunayted» a’zosi Entoni Elanga esa 26-o‘rindan joy oldi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:55, 16.02.2022.
O'qildi: 3948 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.