"Sevilya" bosh murabbiyi Yulen Lopetegi jamoaning yangi a’zosi Antoni Marsyal haqida fikr bildirdi. U hujumchining harakatlari haqida shunday deydi:
"U Xesus Korona kabi istalgan vaziyat va jamoaga moslashib keta oladigan futbolchi ekan. Marsyalni bu yerda o‘tkazgan vaqti davomida shuni sezdimki, u bizga har xil pozisiyalarda yordam bera oladi. Menimcha, u 4-4-3 sxemasida, yagona markaziy hujumchi yoki ikkinchi hujumchi sifatida yaxshi harakat qiladi".
Eslatib o‘tamiz, "Sevilya" ayni damda Ispaniya chempionatida ikkinchi o‘rinni band etgan.













