Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Manba: Jaloliddin Masharipov faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishi mumkin

Manba: Jaloliddin Masharipov faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishi mumkin

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasining hujumkor yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov yozda ingliz klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda UPL nashri o‘z manbalariga tayangan holda xabar bermoqda.

28 yoshli "An-Nasr" futbolchisi Buyuk Britaniyaning "Xall Siti" klubiga o‘tishi mumkin. Futbolchini Angliya klubi bosh murabbiyi Shota Arveladze o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda. Bungacha ular Toshkentning «Paxtakor» klubida birga ishlagan.

Malumot uchun, «Xall Siti» ayni paytda Chempionshipda o‘ynaydi. Klub 33 o‘yindan so‘ng, 34 ochko to‘plab, turnir jadvalida 20-o‘rinda bormoqda.

Arveladze ingliz klubi boshqaruviga shu yilning 28 yanvar kuni keldi. Shota qo‘l ostida "Xall Siti" 6 o‘yinda maydonga tushib, 1 g‘alaba, 2 ta durang va 3 ta mag‘lubiyat qayd etdi.

Ma’lumot o‘rnida, Jaloliddin Masharipov joriy mavsum Saudiya Arabistoni chempionatida 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta golli uzatma muallifiga aylangan. Transfermarkt portali futbolchining narxi 3 million yevroga baholanmoqda.

Manba: UPL
Kiritildi: 12:36, 20.02.2022.
O'qildi: 15077 marta.
Fikrlar: 20 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик