Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

La liga. «Barselona» Obameyangning 2ta goli evaziga «Valensiya»ni taslim etdi (videosharh)

La liga. «Barselona» Obameyangning 2ta goli evaziga «Valensiya»ni taslim etdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 25-turi doirasida "Valensiya" o‘z maydonida "Barselona"ni qabul qildi. Uchrashuv gollarga boy bo‘ldi.

"Barsa"ning yangi hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang mazkur uchrashuvda o‘zining debyut golini urishga muvaffaq bo‘ldi: bir emas, ikkita. Bahsning 23-daqiqasida Albaning maydon markazidan bergan ideal uzatmasidan so‘ng gabonlik futbolchi darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi va kuchli zarba bilan yaqin yuqori burchakni aniq nishonga oldi. Obameyang tomonidan urilgan ikkinchi golni ham Alba boshlab berdi. Jordi jarima maydoniga uzatma berdi va Usmon Dembele bo‘sh darvozasi qarshisida yolg‘iz qolgan Pyer-Emerikni o‘z vaqtida to‘p bilan ta’minladi va gol.

Bu ikki gol orasida esa kataloniyaliklar yana bitta gol urishgandi. Dembele-Gavi-De Yong kombinasiyasidan so‘ng Frenki bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi.

"Valensiya" birinchi bo‘limning o‘zida 3ta to‘p o‘tkazib yubordi, ammo raqib darvozasiga 2 marta zabt etdi. Ammo har safar gol VAR yordamida bekor qilindi. Birinchi vaziyatda futbolchi ofsaydga tushib qolgan bo‘lsa, ikkinchi hujum boshlanishidan avval to‘p yon chiziqni tark etgani uchun (laynsmen ko‘rmay qolgandi) gollar hisobga olinmadi.

Shunga qaramay, "ko‘rshapalaklar" ikkinchi bo‘lim boshida bitta javob to‘pini urib, o‘yinga intrigani qaytarishdi. Gol muallifi — Karlos Soler. Ammo atigi 11 daqiqa o‘tib "ko‘k-anorranglilar" to‘rtinchi golni urishga erishdi. Pedri kutilmaganda 23 metrlardan kuchli zarba bilan to‘pni to‘sin ostiga joylab qo‘ydi. To‘p yo‘l-yo‘lakay egilib qolgan Obameyangning beliga tegib, o‘z yo‘nalishini biroz o‘zgartirgani ham "Valensiya" posbonini qiyin ahvolga solib qo‘ydi.

Shundan so‘ng ham mezbonlar taslim bo‘lishmadi va hujum qilishda davom etishdi. Mark-Andre ter Shtegen kamida 2ta seyv namoyish etib, jamoasini qiyin vaziyatlarda qutqardi.

"Barselona" ushbu g‘alabadan so‘ng o‘z ochkolarini 42taga yetkazdi hamda yana 4-o‘ringa qaytdi. "Valensiya" esa 30 ochko bilan 12-o‘rinda qoldi.

Ispaniya La ligasi, 25-tur
Valensiya – Barselona 1:4 (0:3)
Gollar: 0:1 – 23 Obameyang, 0:2 – 32 de Yong, 0:3 – 38 Obameyang, 1:3 – 52 Soler, 1:4 – 63 Pedri.
Valensiya – Mamardashvili, FulkYE, Alderete (Djemert, 85), Diakabi, Gayya (Toni Lato, 65), Soler, Gilyamon (Maksi Gomes, 46), Moriba (Rachich, 66), Gedesh, Duro (Markos Andre, 85), Xil.
Barselona – ter Stegen, Dest, Arauxo, Erik Garsiya (Mingesa, 46), Alba, Buskets, de Yong (Pedri, 60), Gavi (Traore, 81), Obameyang (de Yong, 82), Dembele (Niko Gonsales, 71), Ferran Torres.
Ogohlantirishlar: Alba (35), Moriba (53), Arauxo (56), Niko Gonsales (72), Toni Lato (76), Soler (77), Dest (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:13, 20.02.2022.
O'qildi: 5017 marta.
Fikrlar: 26 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.