Angliya va Londonning "Arsenal" klubi sobiq yarim himoyachisi Jek Uilsherning Daniyaning "Orxus" klubi bilan tuzgan moliyaviy tafsilotlari ma’lum bo‘ldi.
"The Sun" nashrining yozishicha, futbolchining yangi klubidagi maoshi haftasiga 5 000 funt (6 000 yevro) bo‘ladi. Ma’lumot uchun, Uilsher Daniya klubi bilan shartnomani bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan mavsum so‘nggiga qadar imzoladi.
Futbolchi yangi jamoasida 10-raqamda to‘p tepadi.