Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

Futbol klublarining xavfsizlik bo‘yicha ofiserlari uchun seminar bo‘lib o‘tdi

Futbol klublarining xavfsizlik bo‘yicha ofiserlari uchun seminar bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Sport tadbirlari, xususan, futbol uchrashuvlari vaqtida ishtirokchilar va tomoshabinlar xavfsizligini ta’minlash eng ustuvor vazifalardan biri sanaladi. 

Bunda ayniqsa, futbol klubi tizimida faoliyat olib borayotgan xavfsizlik bo‘yicha ofiserlar o‘z vazifalarini to‘laqonli bajarishlari lozim bo‘ladi.

O‘zPFL o‘tgan yildan e’tiboran har mavsum avvalida klublarning xavfsizlik ofiserlari uchun o‘quv-seminari tashkil etishni yo‘lga qo‘ydi. 

Bugun 2022 yilgi mavsum oldidan klublar xavfsizlik bo‘yicha ofiserlarining xizmat vazifalari, ularga qo‘yiladigan talablar, o‘yin oldidan va uchrashuv davomida stadion hududida xavfsizlik qoidalariga to‘la rioya etilishini ta’minlash, ayniqsa pandemiya sharoitida e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlarga bag‘ishlab O‘zPFLda Superliga hamda Pro liga klublari xavfsizlik bo‘yicha ofiserlari uchun maxsus seminar tashkil etildi.

Unda O‘zPFL, O‘FA, Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyaning jamoat tartibini saqlash bo‘yicha mas’ullar, shuningdek, Markaziy Milliy Gvardiya JTSX bo‘limi ma’sul xodim Jasurbek Abduraxmonovich, Toshkent shaxar Milliy gvardiya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Ulug‘bek Qodiraliyev, Ichki ishlar vazirligi JTSX bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik Farrux Mahmudov kabi ma’ullar ham ishtirok etib, o‘tgan mavsum bu borada amalga oshirilgan ishlar sarhisobini bajargan holda oldindagi mavsum uchun umumiy rejalar muhokama qilindi. 

Seminarda xavfsizlik bo‘yicha ofiserning xizmat vazifalari, ularning o‘yinni xavfsiz va barcha qonun-qoidalarga mos ravishda o‘tishidagi ahamiyati muhokama etildi. Har bir klub uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan stadionda xavfsizlik rejasi ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim ekani, o‘yin davomida klub vakili aynan mana shu reja asosida jamoat tartibini saqlash bo‘yicha Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya bilan yaqin hamkorlikda ishlashi tushuntirildi.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 19:01, 22.02.2022.
O'qildi: 764 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.